G‘ani Sharopov— 1878-yili tug‘ilgan, Poyariq rayoni Aytamg‘ali qishloq soveti Raim qishlog‘idan, millati o‘zbek, sobiq quloq. Kolxozga kirib olib doimiy ravishda paxta ekishni barbod qilishga qaratilgan aksilinqilobiy, sovetlarga qarshi targ‘ibot olib borganlikda, aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchi kayfiyat bildirganlikda, SSSRga qarshi urush uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan fashistik Germaniyani va bandit Troskiyni maqtaganlikda ayblanib otuvga hukm qilingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 146-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.