Gʻazza
(G‘azzadan yoʻnaltirildi)
Gʻazza (arabcha: غَزَّة) — Oʻrta dengizning sharqiy sohilidagi qadimiy shahar. Gʻazo sektorida joylashgan boʻlib, Falastin Davlati tarkibidagi eng yirik shahardir.
Gʻazza | |
---|---|
31°31′0″N 34°27′0″E / 31.51667°N 34.45000°E | |
|
Gaʻzza oʻrta asrlarda Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Keyinroq misrliklar qoʻl ostiga oʻtgan. 16-asr boshidan 1917-yilgacha Usmonli turklar imperiyasi, 1920—47 yillarda inglizlarning Falastin mandati tarkibida boʻlgan. BMTning 1947-yil 29-noyabrdagi qaroriga muvofiq Gʻazza va uning atrofidagi hududlar arab davlati tarkibiga kiritildi. 1948—49-yillardagi arab-isroil urushidan soʻng Gʻazo sektori (maydoni 258 km2) Misr boshqaruvi ostiga oʻtdi. 1967-yil iyunda Isroil qoʻshinlari tomonidan bosib olindi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |