Gʻunajin
(G‘unajindan yoʻnaltirildi)
Gʻunajin — 2 yoshdan oshgan urgʻochi qoramol. Tanalar zoti va oʻsishiga qarab birinchi bor qochirishga qoʻyiladi va boʻgʻozlik muddati 6 oyga yetganda gʻunajin guruhiga kiritiladi. Gʻunajinlar boʻgʻozlik davrida toʻyimli va sifatli ozuqalar, makro va mikroelementlar, mineral ozuqali qoʻshimchalar bilan boqiladi va parvarishlanadi. Bunday parvarish Gʻunajinning sogʻlom oʻsishi va homilaning normal rivojlanishini taʼminlaydi. Tugʻishiga 10 kun qolganda ratsiondagi shirali va konsentrat ozuqalar miqdori 50% ga kamaytiriladi, tugʻishi nazoratga olinadi hamda uning buzoqlashida birinchi yordam koʻrsatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |