Gabdulla Apanayev
Gabdulla Abdulkarimovich Apanayev (1862-yil 15-mart — 1919-yil 25-iyun) — tatar oʻqituvchisi va jamoat arbobi.
Gabdulla Abdulkarimovich Apanayev | |
---|---|
Tavalludi |
1862-yil 15-mart Malmij uyezdi, Vyatka gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti | 1919-yil 25-mart (57 yosh) |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi |
Kasbi | jurnalist, oʻqituvchi |
Biografiyasi
tahrir1862-yil 15-martda Vyatka gubernatorligi Malmij uyezdiga qarashli Sasna qishlogʻida tugʻilgan. Uning otasi Abdulkarim Isxakovich Apanayev (1840—1892-yillar) ikkinchi gildiyaning savdogari boʻlgan, koʻplab mulklarga, sovun zavodiga va ulgurji doʻkonlar tarmogʻiga ega edi[1][2].
Madrasani tamomlagach, Turkiya va Misrda tahsil olgan. Rossiyaga qaytib, mullalikka imtihon topshirgach, Qozon shahrida joylashgan Yunus masjidining ikkinchi mullasi etib tayinlanadi. Bir qancha vaqtdan soʻng shu masjidning imom-xatibi boʻlgan. Shundan soʻng u masjid qoshidagi madrasani isloh qildi, madrasa qurish uchun oʻz uyini berdi, oʻquv materiallarini yangiladi. Natijada oʻquvchilar soni ortib, taʼlim sifati oshdi. Madrasaga boshqa oʻquv yurtlaridan oʻqituvchilar koʻchib kela boshladilar, ular orasida Ahmadxoji Maqsudiy ham bor edi. Madrasa talabalari orasida Gʻayoz Isxoqiy va Najib Dumaviy ham boʻlgan[1][2].
1902—1906-yillarda Musulmonlar xayr-ehson jamiyatiga rahbarlik qilgan. Bu lavozimda u oʻzini islohotchi sifatida ham namoyon etgan, buning natijasida tashkilot katta mablagʻlarni jalb qilishga muvaffaq boʻlgan[1][2].
1905—1907-yillardagi birinchi rus inqilobi yillarida u faol ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan. „Ittifoq al-muslimin“ islomiy partiyasini yaratishda va uning faoliyatida ishtirok etgan. Uning 3 ta qurultoyini tashkil etgan va oʻtkazgan, Markaziy Qoʻmita va Qozon boʻlimi byurosi aʼzosi boʻlgan. 1906-yilda „Ozod“ gazetasini yaratgan va unda muharrir boʻlib ishlagan[1][2].
1908-yilda „Ittifoq al-muslimin“ yetakchilari va faol aʼzolariga qilingan qatagʻonlar doirasida Gʻolimjon Barudiy, S.Galeyev va A.Kazakovlar bilan birgalikda Vologda viloyatiga 2 yilga surgunga hukm qilingan. Surgundan qaytgach, Gabdulla Apanayevni islomiy gʻoyalarni tarqatishda ayblashga bir necha bor muvaffaqiyatsiz urinishlar qilingan[1][2].
Shahar Dumasining aʼzosi etib saylangan, bu lavozimda u toʻrtta komissiya ishida qatnashgan, IV-Davlat Dumasiga nomzodini qoʻygan. Apanayev maktabini rivojlantirgan[1][2].
1914-yilda boshlangan Birinchi jahon urushi janglarida Gabdulla Apanayevning oʻgʻli Yahyo 1916-yilda halok boʻlgan[1][2].
Fuqarolar urushi paytida bolsheviklar tomonidan garovga olingan va 1919-yil 25-iyunda Markaziy musulmonlar harbiy kollegiyasi (MMHK) siyosiy boʻlimi boshligʻi Komil Yoqub tatar zaxira bataloni askarining qoʻzgʻoloni paytida oʻldirilganidan keyin otib tashlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Апанаев, Габдулла (1862—1919)“. 11-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2018-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „Традиции джадидского образования — в новое тысячелетие: путем Габдуллы Апаная!“. 28-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2018-yil.