Gabriel Astruc (1864-yil 14-mart — 1938-yil 7-iyul) fransuz jurnalisti, agenti, promouteri, teatr menejeri, teatr impresariosi va dramaturg.

Gabriel Astruc
Tavalludi 1864-yil 14-mart
Vafoti 7-iyul 1938-yil(1938-07-07)
(74 yoshda)
Parij
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi Jurnalist, agent, targʻibotchi, teatr menejeri, dramaturg
Otasi Elie-Aristide Astruc

Tarjimai holi

tahrir

Gabriel Bordoda, Astruclar oilasida tugʻilgan. U1866 — 1879-yillarda Belgiyaning Buyuk ravvini Élie Aristide Astrucning (1831 — 1905) oʻgʻli boʻlgan. U oʻz faoliyatini 1885-yildan Pol Ollendorff nashriyotida sharhlovchi sifatida boshlagan. 1895-yilda Montmartrdagi prototip bohem Le Chat Noir kabaresining doimiy xodimi sifatida yosh Erik Sati bilan doʻstlashadi. Soʻng Surtac taxallusi ostida maqolalar va teatr sahnaviy asarlari yozishni boshladi[1]. Gabriel 1897-yilda qaynotasi Wilhelm Enoch bilan musiqa nashriyot kompaniyasiga asos soldi. 1900-yilga kelib hashamatli Musica jurnalini ommaga taqdim etdi. 1904-yilda kontsert promouteriga aylandi.

Agentlik faoliyati

tahrir

Bu davrga kelib u Mata Xari uchun agent edi. Astruc 1905-yil avgust oyida Xarini Parij Olimpiadasiga yo'l olishida ko'maklashdi. Keyingi oʻn yil davomida Xarining agenti sifatida katta yutuqlarga erishdi. Astruc shuningdek, Feodor Chaliapin, Artur Rubinshteyn va Vanda Landowskalar uchun ham agent boʻlib ishlagan[2].

1905-yildan 1912-yilgacha Astruc „Parijning buyuk fasli“ shiori ostida musiqa shaydolarini Parijga olib keldi. 1905-yildagi italyalik musiqachi Enrico Caruso va avstraliyalik soprano Nellie Melba, 1907-yilda Richard Strauss boshchiligidagi „Creation of Salome“ guruhi, 1909-yilda Diagilev rus baletlari, 1910-yilda Arturo Toscanining dirijorligidagi "Metropolitan" operasi va 1911-yilda Debussining „Le martyre de Saint-Sebastien“ operasi (matn Gabriele D’Annunzio)lar shular jumlasidan.


1913-yilda Astruc muvafaqqiyatli ekanligini isbotlashga urinib, Auguste Perretga Montaige hududida innovatsion Champs-Elysées teatrini qurishga kirishdi. Ushbu bino birinchi temirbetonning meʼmoriy belgisidir. 29-may kuni „ The Rite of Spring“ filmining premyerasidagi bo'lib o'tadi. Avvaliga shov-shuvlarga sabab bo'lib anchagina daromad ko'radi. So'ng, olti oy ichida moliyaviy yomon ahvolga tushib qoldi. Gabriel shuningdek, Léon Daudet va Action Française guruhining hujumlari nishoniga aylanadi[3].

Birinchi jahon urushidan keyin Gabriel radio va media sohasida ishlagan. 1929-yilda Filipp de Rotshilddagi Pigalle teatrining menejeri boʻlgan. Astrukc va Marcel Proust do‘st bo‘lib, u „Swannʼs Way“ning birinchi nashrini tahrir qilishda yordam bergan[4]. Proust Astrucga 1929-yilda nashr etilgan „Le pavillon des fantômes“ nomli xotiralarini tayyorlashga yordam berib, bu yaxshilikni qaytargan.

Gabrielning hujjatlari New Yorkdagi sahna sanʼati raqslari toʻplamida joylashgan.

Manbalar

tahrir
  1. Satie the bohemian: from cabaret to concert hall By Steven Moore Whiting
  2. Sisters of Salome By Toni Bentley page 104
  3. Rubinstein: a life By Harvey Sachs, Donald Manildi, page 72
  4. Marcel Proust: A Life By William C. Carter, pg. 559