Gabriel Poole
Gabriel Poole (talaffuzi: Gabriel Pul; 1934-2020) xalqaro miqyosda tan olingan avstraliyalik arxitektor boʻlib, obyektlar va iqlim sharoitlariga mos keladigan innovatsion, yengil dizaynli loyhalari bilan tanilgan. Uning loyihasi asosida qurilgan Eumundidagi „Tent House“ („Chodir uyi“) inshooti tufayli 1991-yilda Avstraliya Qirollik meʼmorlar institutining (AQMI) Queensland mukofoti, Robin Dods mukofoti va AQMI Milliy Robin Boyd mukofotiga sazovor boʻldi. 1998-yilda Poole Avstraliya arxitekturasiga butun umri davomida qoʻshgan hissasi uchun mamlakatning eng yuqori arxitektura mukofoti — Avstraliya Qirollik meʼmorlar institutining oltin medali bilan taqdirlandi[1]. U uy-joyning arzonligi tarafdori boʻlib, arzon narxlardagi dizaynlarni yaratgan.
Gabriel Poole | |
---|---|
Tavalludi | 1934-yil |
Vafoti | 2020 |
Kasbi | Arxitektor |
Arxitekturaga kirib kelishi
tahrirPoole 1934-yilda Ipsvichda tugʻilgan. Tuvumba tayyorgarlik maktabi va Sautport maktabida tahsil olgan. U yerda Kvinslenddagi arxitektura arbobi Geoffrey Pie bilan tanishadi[2]. Poole boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Kvinslend chempioni boʻlgan. 10-sinfda maktabni tugatgandan soʻng, 1951-yildan 1955-yilgacha Markaziy Kvinslendda jakaru boʻlib ishladi[1].
Dastlab, tibbiyot sohasiga qiziqqan Pooleni doʻstlari Robin Gibson va John Dalton arxitektura bilan shugʻullanishga koʻndirishdi. Shuning uchun 1957-yilda boshlab Poole Brisbenda Gibson bilan birga chizmachi boʻlib ishlay boshladi. Bu vaqt ichida u Markaziy texnika kollejida (hozirgi Kvinslend Texnologiya Universiteti) meʼmorchilik boʻyicha oʻqishni boshladi. Shervuddagi birinchi uyining loyihasini tugatdi. Gabriel 1963-yilda Brisbenni tark etib, Londonga joʻnab ketdi. U yerda H.T Cadbury Brown va Powell & Moya kompaniyalarida ishladi[3].
Faoliyati
tahrir1965-yilda Brisbenga qaytib keladi. Poole Markaziy texnika kolleji va Kvinslend universitetida oʻqishni davom ettirdi. U yerlarni 1966-yilda arxitektura boʻyicha diplom bilan tugatdi. Gabriel yana Gibson bilan, keyin esa Kvinslendning arxitektura firmalaridan birida Konrad Garget bilan ishladi.
1968-yildan boshlab yengil konstruksiyaga ega, iqlimga mos boʻlgan, asosan, sohil boʻylaridagi qirgʻoqlar uchun loyihalar va dizaynlar qilib bordi. 1972-yilda Poole Buderimdagi Dobie House, xuddi shu yilda yana bir mashhur Mooloolabadagi Schubert House va 1975-yilda Munro House uchun AQMI mukofotlarini qoʻlga kiritdi.
1978-yilda Gabriel Noosa shahridagi Atelier-Two-Design kompaniyasiga arxitektor John Mainvaring bilan hamkorlikda ishlay boshladi. U 1984-yilda Noosa shahridagi Hastings koʻchasida „The Hastings“ majmuasini ishlab chiqishga mas’ul etib tayinlandi. Lekin loyiha oradan deyarli 40 yildan soʻng, 2020-yil qurildi.
1985-yilda Atelier-Two-Dizaynni tark etdi. Poole avvaliga oʻzi, keyinchalik esa ikkinchi rafiqasi, interyer dizayneri va rassomi Elizabeth Frith bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Ular birgalikda Gabriel & Elizabeth Poole dizayn kompaniyasini yaratishdi. Ularning Eumundidagi „Chodir uyi“ loyihasi 1990-yilda AQMI Kvinslend innovatsion mukofoti, Robin Dods mukofoti va AQMI Milliy Robin Boyd mukofotiga sazovor boʻldi[4]. „Chodir uyi“ loyihasi orqali ogʻir konstruksiyalaridan xoli boʻlgan, yengil konstruksiyaga egaligi va his-tuygʻularning ifodasi koʻrinishidaligi bilan keng ommaning eʼtiborini tortdi[5]. Finlandiyalik meʼmor Elissa Aalto uni „Oʻrmondagi kapalak kabi“, — deb taʼriflagan[1].
Oʻlimigacha Gabriel uch avlod ham yashashini osonlashtirish uchun loyhalar ustida ishlashni davom ettirdi. Xususan, qariyalar parvarishi uchun moʻljallangan nisbatan arzon narxlardagi modulli loyihalashtirilgan uylar. Uning fikriga koʻra bir oilaning turli avlod vakillari bir uyda yashshi kerak. Shundagina hayotning qadr-qiymati va oila muhitida mehr ortadi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Vale Gabriel Poole, 1934–2020“ (en). ArchitectureAU. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
- ↑ „Digital Archive of Queensland Architecture“. qldarch.net. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
- ↑ „Vale Gabriel Poole“ (en). Architecture & Design. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
- ↑ „Vale Gabriel Poole, architect State Library Of Queensland“ (en). www.slq.qld.gov.au. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
- ↑ „Gold Medalist Gabriel Poole dies“ (en). ArchitectureAU. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
- ↑ „Queensland architect Gabriel Poole designs home to house three generations of one family“ (en). NewsComAu (2014-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.