GabrielGabeVilardi (talaffuzi: Gabriel "Gabe" Vilardi, 1999-yil 16-avgustda tugʻilgan) — Kanadalik professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi boʻlib, hozirda Kanada Milliy Xokkey Ligasining (NHL) Los Anjeles Kings jamoasida oʻynaydi. U 2017-yilgi NHL draftida Kings jamoasi tomonidan oʻn birinchi oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan.

Gabe Vilardi
Vilardi Windsor Spitfires bilan 2016-yilda
Tugʻilgan joyi 16-avgust 1999-yil (1999-08-16) (24 yosh)
Kingston, Ontario, Canada
Boʻyi 6 ft 3 in (191 cm)
Ogʻirligi 203 lb (92 kg; 14 st 7 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot
NHL inglizcha: Los Angeles Kings'
Milliy jamoa  Kanada
NHLga kirish drafti 11-oʻrni, 2017
inglizcha: Los Angeles Kings
Jamoalardagi faoliyat 2018—hozirgacha
Medal soni
 Kanada vakili
Muz xokkeyi
Jahon chempionati
Oltin 2021-yilgi IIHF jahon chempionati

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Vilardi Kanada Xalqaro Xokkey Akademiyasida oʻzining Kichik Midget (inglizcha: Minor Midget) mavsumini oʻtkazgan. Vilardi birinchi bosqichda, Windsor Spitfires jamoasiga qoʻshildi[1]. Vilardi maydonda markazda oʻynasa-da, lekin Windsorda himoyachi pozitsiyasida oʻynagan[2][3].

TSN vakili Craig Button uni mahoratli hujumkor mahoratga ega boʻlgan oʻyinchi sifatida taʼriflagan[4].

2018-yilning 1-yanvarida Vilardi Sean Day bilan birga Spitfires jamoasi tomonidan Cody Morgan evaziga Kingston Frontenacsga transfer qilingan[5]. 2018-yilning 1-martida Vilardi Los Anjeles Kings bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolagan[6].

Surunkali bel ogʻrigʻi tufayli Vilardi 2018-yil 29-noyabrgacha Kingsning Amerika Xokkey Ligasidagi filiali Ontario Reign bilan professional debyutini oʻtkaza olmadi[7].

Cheklangan erkin agent sifatida Vilardi 2022-yil 23-iyulda Kings jamoasi bilan bir yillik 825 000 dollarlik shartnomani uzaytirishga qaror qildi[8].

Shaxsiy hayoti tahrir

Vilardi italiyalik Natale Vilardi va Giovanna Siviglia oilasida tugʻilgan. Ular Reggio Calabria shahridan Ontario shtatining Kingston shahriga koʻchib oʻtgan[9]. Uning akasi Francesko Ontario xokkey ligasida uch mavsum oʻynagan. Hozirda Queen's universiteti xokkey jamoasida oʻynaydi[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

Doimiy mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2014—2015 CIHA Voyageurs OEMHL 21 18 21 39 12
2015—2016 Windsor Spitfires OHL 62 17 21 38 14 5 1 3 4 2
2016—2017 Windsor Spitfires OHL 49 29 32 61 12 7 2 4 6 4
2017—2018 Kingston Frontenacs OHL 32 22 36 58 14 16 11 11 22 14
2018—2019 Ontario Reign AHL 4 0 1 1 0
2019—2020 Ontario Reign AHL 32 9 16 25 14
2019—2020 Los Angeles Kings NHL 10 3 4 7 4
2020—2021 Los Angeles Kings NHL 54 10 13 23 6
2021—2022 Los Angeles Kings NHL 25 5 2 7 8 2 0 0 0 0
2021—2022 Ontario Reign AHL 39 15 23 38 18
NHL yigʻindisi 89 18 19 37 18 2 0 0 0 0

Xalqaro mukofotlari tahrir

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2015 Canada White U17   6 4 3 7 0
2021 Canada WC   10 0 1 1 6
Oʻsmirlar oʻrtasidagi mukofotlar 6 4 3 7 0
Katta yoshdagilar oʻrtasidagi mukofotlar 10 0 1 1 6

Manblar tahrir

  1. „Spitfires sign top pick Gabe Vilardi“ (en-US) (2015-yil 25-iyun). Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  2. „2017 Draft: Gabriel Vilardi driven to rise higher“ (en-us). NHL.com. Qaraldi: 2017-yil 11-mart.
  3. „Patrick, Hischier in tight race for No. 1 in TSN draft ranking“. TSN (2017-yil 27-aprel). Qaraldi: 2017-yil 28-aprel.
  4. „Patrick goes No. 1 in TSN's post-season mock draft“. TSN (2017-yil 10-aprel). Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  5. „Vilardi and Day traded to Kingston“. Windsor Spitfires (2018-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
  6. „The LA Kings Sign Gabe Vilardi to a Three-Year Entry Level Contract“. NHL.com (2018-yil 1-mart). Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  7. Dooley. „INSIDER: Vilardi Impresses in Pro Debut, Sets Sights on Team Canada“. NHL.com (2018-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  8. „Kings sign Vilardi & Anderson-Dolan to contract extensions“. Los Angeles Kings (2022-yil 23-iyul). Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  9. nurun.com. „Call it the Vilardi wall of fame“. The Kingston Whig-Standard. Qaraldi: 2017-yil 4-yanvar.
  10. „FRANCESCO VILARDI“. eliteprospects.com. Qaraldi: 2018-yil 2-may.