Galaktikada bir kun

tahrir

Sa’dullo Quronov qalamiga man’sub ilmiy-fantastik qissa. Asar 2018-yilda yozilgan, 2019-yilda «Akademnashr» nashriyoti tomonidan chop etilgan. Mazkur kitob ingliz tiliga tarjima qilinib, amazon.com platformasida sotuvga qoʻyilgan. Asar 2022-yilda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” (Wayback Machine saytida 2022-07-02 sanasida arxivlangan) tanlovida Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” asaridan soʻng 2-oʻringa munosib koʻrilgan va Prezident sovg‘asi – 75 million so‘m bilan mukofotlangan.

Asarning qisqacha syujeti

tahrir
 

Qissa qahramoni 12 yoshli Ahmad favqulodda noyob qobiliyat sohibi –vunderkind! U fazodagi gravitatsion manyovrlar evaziga harakatlanadigan gʻaroyib uchar kema ixtiro qilganida, hech kim bunga eʼtibor qilmaydi. Qaytaga, bolaning ustidan kulishadi. Lekin bu ixtirodan koinot qaroqchilarining hujumiga uchrab, kemasidan ayrilgan va Yerga kelib qolgan Margol xabar topadi. Margol Ahmaddan kema loyihasini soʻraydi. Bu oʻzga sayyoralik Ahmadning loyihasi asosida kema yasab moviy toshni topishi va sayyorasi Salmirni halokatdan qutqarib kerak edi.

 
Fantast yozuvchi Sa'dullo Quronov

Ahmad oʻzga sayyoralikka yordam beradi, hatto, moviy toshni izlashda yordam berish uchun Marsga uchishga ham rozi boʻladi. Ammo ularning iziga tushgan qaroqchi gikslar butun rejalarni barbod qiladi. Jon saqlash ilinjida qochishga uringan qahramonlarimiz oʻzlari bilmagan holda Yerdan 17 yorugʻlik yili uzoqligidagi Al-Toyir yulduzi yaqiniga kelib qolishadi. Endi na Yerga, na Salmirga qaytishning imkoni bor. Faqat galaktika xaritasini topibgina qahramonimiz Yerga qaytishi, Margol esa moviy toshni izlab topishi mumkin.

Xarita esa oʻz vaqtida xavfsizlik nuqtayi nazaridan 4 qismga boʻlinib galaktikaning turli joylariga yashirilgan.

Fazogirlar galaktika xaritasini izlab Zagun, Miks, Koinot muzeyi va yana oʻnlab sayyoralariga borishadi. Koʻplab qiziqarli va xatarli sarguzashtlarni boshidan kechirishadi. Bir necha bor qaroqchi gikslarga toʻqnash kelib ulardan qutilishning uddasidan chiqishadi. Axiyri, xarita boʻlaklarini yigʻib, Katta Magellan bulutidagi Gamma Oltin baliq yulduzi tomonga uchishadi. Yulduz yaqinidagi Olmos sayyoradan moviy toshni topishib, Salmirni halokatdan qutqarishadi. Ahmad esa vaqt tuynugidan oʻtib, Yerga eson-omon qaytadi.

Kitob olgan mukofotlar

tahrir

"Tahsin – 2021" mukofoti bilan taqdirlangan.

“Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” (Wayback Machine saytida 2022-07-02 sanasida arxivlangan) tanlovida 2-oʻrin.

Manbalar

tahrir

1. Qozoqboy Yoʻldoshev: “Galaktikada bir kun” haqida.

2. Galaktikalik bola sehirli qalpoqchani yengadimi?

3. Baxtiyor Sheraliyev: “Galaktikada bir kun”ni bir kechada oʻqidim (Wayback Machine saytida 2022-11-30 sanasida arxivlangan)

4. Saparova Zebiniso Davlat qizi: Galaktika sarguzashtlari (Wayback Machine saytida 2022-11-30 sanasida arxivlangan)

5. ЯНГИ КИТОБ: Галактикада бир кун

6. “30 milliondan ortiq xalq uchun bir-ikki bolalar yozuvchisi borligi — fojia”. Yozuvchi Sa’dullo Quronov bilan suhbat

7. “Gʻalati paradoks bor: yozuvchilik ham kasb – ammo maosh toʻlanmaydigan kasb”. Yozuvchi Sa’dullo Quronov bilan bolalar nasridagi muammolar haqida suhbat

8. Ёш ўзбек ёзувчисининг китоби Amazon’да сотилмоқда[sayt ishlamaydi]

9. The Diamond of the Galaxy: Find miracles in yourself