Galvanining birinchi tajribasi – „Hayvon elektri“ nomli tajriba boʻiib u haqida L.Galvani[1] 1791-yil „Muskul harakatidagi elektr kuchlari toʻgʻrisidagi traktat[2]“ nomli asarida maʼlumot keltirib oʻtadi. Galvani elektr mashinasi uchqunlarining fiziologik taʼsiri, shuningdek, momaqaldiroq vaqtida chaqmoq chaqqanida atmosfera elektrining taʼsirini oʻrganish bilan shugʻullanib, oʻz tajribalarida baqaning umurtqa pogʻonasi bilan birlashgan keyingi oyoq preparatidan foydalanadi.

Galvani tajribasi

Galvani ana shu preparatni hayvonning temir panjarasiga mis ilmoq bilan osib, baqa oyogʻi shamolda tebrangan vaqtda uning muskullari panjaraga har gal tekkan vaqtda ularning qisqarishiga eʼtibor berdi. Shunga asoslanib baqaning orqa miyasida vujudga kelgan oʻtgazgichlar orqali oyoq muskullariga oʻtadigan „hayvon elektri“ oyoqning tortib olinishiga sabab boʻlgan, deb xulosa chiqardi.

  1. „L.Galvani“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust.
  2. „Muskul harakatidagi elektr kuchlari haqidagi traktat“ (2000-yil). 2024-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust.