Gambit (haqiqiy ismi Remy Etienne LeBeau (talaffuzi: Remi Etyen Lebo)) Chris Claremont va Jim Lee tomonidan yaratilgan Marvel Comics qahramonidir. Ushbu personaj ilk marotaba The Uncanny X-Men Annual #14 (1990-yil iyul) komiksida paydo boʻlgan va dastlab oʻz maqsadlariga intilayotgan yovuz odam — yolgʻiz mutant sifatida yaratilgan.[1][2]

Gambit
Nashr haqida maʼlumot
Nashriyot Marvel Comics
Debyut The Uncanny X-Men Annual #14 (1990-yil iyul)
va The Uncanny X-Men #266 (1990-yil avgust)
Muallif(lar) Chris Claremont
Jim Lee (
Qahramon haqida maʼlumot
Turi Mutant

Gambit — mutant. U har qanday obyektga xos boʻlgan potentsial energiyani kinetik energiyaga aylantira oladi, buning natijasida ushbu obyekt portlash qobiliyatiga ega boʻladi. Koʻpgina mutantlardan farqli oʻlaroq, Gambit oʻz kuchini yaxshi boshqaradi: masalan, u obyektni kerakli miqdorda energiya bilan quvvatlaydi, allaqachon quvvatlangan narsalarning kuchini esa boʻshatib, bir qismini quvvatlashi ham mumkin. Qiyomat Otliqlari safida qisqa vaqt aʼzolik Gambitni yana bir qobiliyat bilan siylagan — u havoni zaharli va boʻgʻuvchi gazga aylantirish qobiliyatiga ega.

Bir nechta muqobil olamlarda u Rogue bilan turmush qurgan. Ularning Rebecca ismli qizi va Olivier ismli oʻgʻli bor.

Manbalar tahrir

  1. DeFalco, Tom; Sanderson, Peter; Brevoort, Tom; Teitelbaum, Michael; Wallace, Daniel. The Marvel Encyclopedia. DK Publishing, 2019 — 144 bet. ISBN 978-1-4654-7890-0. 
  2. [1], "Marvel Characters", accessed April 9, 2015.

Havolalar tahrir