Gambusia affinis Baird ва Girard, 1853[1]

Tavsif

tahrir

Anal suzgich qanotidagi birinchi cho‘zilgan shuʼlasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘lib tishchalari umuman bo‘lmaydi yoki juda zaif rivojlangan bo‘ladi. Ikkinchi cho‘zilgan shuʼlasi umumiy uzunligining deyarli yarmidan boshlab ikkiga ajraladi: bunda yuqorigi birinchi pallasi tishsiz bo‘g‘imlarga bo‘lingan va o‘rta qismlariga borib birinchi shuʼlaga tomon kuchsiz rivojlangan ilgak chiqaradi; pastki ikkinchi pallasi 5 yoki 6 ta yaxshi rivojlangan, shakli jihatidan Gambusia holbrooki ga o‘xshash, 1-2-3 ildizli ayrim hollarda asos qismidan hisoblaganda birinchi tishchasi 4 ildizli bo‘lishi mumkin. Bunda tishchalarning asosi bitta bo‘g‘im, ildizlari esa ikki qator bo‘lib, erkin holatda chiqib turadi. Ikkinchi shuʼla pastki pallasining uchki qismiga yaqin joyida uchinchi shuʼlaga qarab ilgak hosil qiladi. Cho‘zilgan uchinchi shuʼlasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan, tishchalar hosil qilmaydi, oxirgi uchki bo‘g‘imi esa shaklini o‘zgartirib tashqi tomonga qaragan ilgakni hosil qiladi.

Tashqi morfologiyasi. D – II 5, V – I 5, P – III (IV) 8, A – 10, C – 23-24, l.l. – 32.


Manbalar

tahrir
  1. [https://www.fishbase.se/summary/Gambusia-affinis.html „Gambusia affinis (Baird & Girard, 1853) Mosquitofish“].