Gangrena (yunoncha: γάγγραινα — irish), qorason — tirik tana, aʼzo yoki toʻqimalar bir qismining irib nobud boʻlishi, nekrozning bir turi. Barcha toʻqima va aʼzolarda (teri, teri osti yogʻ qatlami, muskullar, ichak, oʻt pufagi, oʻpka), koʻpincha qoʻl-oyoq va qorin boʻshligʻidagi aʼzolarda uchraydi. G. asosan qon tomirlari kam boʻlgan soha va aʼzolar (mas, barmoqlar, qoʻl-oyoq panjasi, quloq chigʻanogʻi) da tez rivojlanadi[1].

Gangrena
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Xirurgiya
DiseasesDB 19273
MedlinePlus 007218
Patient UK Gangrena
MeSH D005734

Etiologiyasi tahrir

Yurak xastaligi tufayli venoz qon oqimi kamayishi natijasida kelib chiqqan gangrenaning to‘rt xil bosqichini ko‘rsatadigan rasm.

Toʻqimalar mahalliy jonsizlanishining sabablari xilmaxil boʻlishi mumkin:

1) toʻqimalarning bevosita shikastlanishi;

2) qon aylanishining buzilishi oqibatida toʻqimalarning yetarlicha oziqlanmasligi;

3) moddalar almashinuvi kasalligi;

4) asab sistemasining zararlanishi shular jumlasidandir.

Toʻqimalarning bevosita zararlanish omillari quyidagilardir:

a) mexanik (ezilish, yorilish, yaralar);

b) termik (kuyish va sovuq oldirish);

d) kimyoviy (kislota, ishqor, boshqa zaharli moddalar, organlar sekretlarining konsentratsiyasi);

e) elektrik (elektrdan shikastlanish);

f) toksik, asosan mikrob toksinlari (anaerob gazli gangrena, toʻqimalarning chirib yemirilishi);

g) nur energiyasi (rentgen nurlaridan kuyish va radioaktiv kuyishlar).

Toʻqimalar oziqlanishining buzilishi qon aylanishining quyidagi buzilishlari sababli kelib chiqadi:

a) oʻtkir yurak nuqsoni;

b) tromb (quyqa) zarrachalari (koʻproq) va gazlar (kamroq) qon tomirining bekilib qolishi bilan bogʻliq emboliya;

d) davomli spazm yoki qon tomirlar obliteratsiyasi (Reyno kasalligi, endarteriitlar obliteratsiyasi, ateroskleroz, nospesifik aortoarteriit);

e) tomirning yorilishi yoki ezilishi (asosiy tomirlarning jarohatlanishi; oziq bilan taʼminlovchi tomirlarning qisilib qolishi yoki bogʻlab quyilishi natijasida ichaklar nekrozi bu hoi invaginatsiyada, churra darvozalari va turli organ va toʻqimalar qoʻshilgan joydagi tomirlar qisilganda roʻy beradigan ichak gangrenasi; qattiq qisib boylash natijasida yuzaga keladigan qoi va oyoq gangrenasi) da toʻqimalarda +60 °C yoki −15 °C haroratning taʼsiri (qoʻyish va sovuq olish) natijasida nekrozga olib keladi;

f) qon aylanishi va uning reologik xususiyatining buzilishi, shuningdek qon tomirlarining intima qavati strukturasining buzilishi natijasida rivojlanadigan arteriya va vena trombozlari ham bunga sabab boʻlishi mumkin.

Nekrozlar va gangrenalar moddalar almashinuvi kasalliklarida (qand kasalligi, milk kasalligi); markaziy nerv sistemasi (MNS) kasalliklari (oʻsmalar, neyro-zaxm, siringomiyeliya va b.)da ham, shuningdek, MUKS (birinchi navbatda, orqa miya) zararlanishlarida va periferik nervlarfda (shikastlanish, ezilib bosilishlar) ham kuzatiladi. Nekroz va gangrenalarning avj olishiga va bu kasalliklarniipg kechishiga quyidagilar taʼsir koʻrsatadi:

1) organizm (toʻqima)ning anatomik-fiziologik xususiyatlari;

2) infeksiyalar va intoksikatsiya, shu jumladan, zararli odatlar — chekish, ichkilikbozlik;

3) tashyqi muhitning noqulay omillari (masalan, uzoq vaqt davomida haddian tashqari sovuqqotish).

Organizmning anatomik-fiziologik xususiyatlari umumiy va mahalljjliy xarakterda boʻladi. Uning reaktivlik darajasi, nerv sistemasining tijoi, yurak nuqsonlari, moddalar almashinuvi kasalliklari, organizmniung umumiy xususiyatlariga taalluqlidir. Qon tomirlarinig tuzilisbjii, kollateralari holati, qon aylanishi buzilishining rivojlanish sur’aijti, tomirlardagi patologik oʻzgarishlar (ateroskleroz, endarterit) organizmning mahalliy xususiyatlariga tegishli boʻladi. Mikroblar va ularning toksinlari nekroz va gangrenaning rivojlanishiga sezilarli darajada

taʼsir ko’rsatib, jarayonning tez avj olishiga imkoniyat yaratadi. Bu nodosa haddan tashqari sovuqqotganda va toʻqimalar qizib ketganda hajm kuzatiladi.

Tasnifi tahrir

Oyoqning nam gangrenasi

Gangrena nekrozning bir turi sifatida har xil toʻqimalar (teri, teri osti yogʻ qavati, mushaklarda yoki organlar: oʻpka, oʻt pufagi, koʻrichak, chuvalchangsimon oʻsimtasi (appendiks), ingichka ichak, bachadon) da rivojlanishi mumkin. Gangrena kelib chiqishi, klinik manzarasi va toʻqimalarning qanchalik zararlanganiga qarab, quyidagicha tasniflanishi mumkin:

1. Etiologiyasiga muvofiq: spesifik va nospesifik.

2. Toʻqimalarning qanchalik zararlanganligiga qarab: yuza, chuqur, umumiy (total).

3. Klinik kechishiga koʻra : quruq, yiringli (nam).

Nospesifik gangrena jarohatlanish yoki qon tomirlarning uzoq vaqt bosilib qolishi, keng koʻlamda kuyishlar, xirurgik infeksiya, trofik oʻzgarishlar (surunkali yaralar, yaralar), trombozlar va emboliya tufayli kelib chiqadi. Spesifik gangrena ateroskleroz, obliteratsiyalovchi endarteriit, zaxm, endokrin kasalliklari, qand kasalligi oqibatida yuz beradi. Spesifik gangrena klinik manzarasining xususiyatlarini hisobga olib, quyidagi gangrenalar ajratiladi:

1) aterosklerotik marantik gangrena (Sensilis);

2) yuvenil yoki spontan gangrena (q. Spontana) va simmetritk gangrena (q. Symmetrica syn. Morbus Raynaudi).

Chuqur joylashgan shikastlanishlar gangrenasini alohida tushuntirishning hojati boʻlmaydi. Gangrenaning asosiy xillari quruq va yiringli (namlangan) gangrenalar boʻladi, jami gangrenaning 30 dan ortiq turi boʻlib, ularning bir qismi uncha amaliy ahamiyatga ega boʻlmaydi.

Quruq gangrena tahrir

Quruq gangrena koʻproq oyoq-qoʻlga tegishli kasallikdir. U bemorlarda qon aylanishi buzilishining kuchayib borishi bilan asta-sekin rivojlanadi (ayniqsa, qoʻl-oyoqqa noqulay fizik va kimyoviy omillar qoʻshimcha taʼsir koʻrsatganda).

Patolo-anatomik manzarasi tahrir

Toʻqimalar tezda suvsizlanib quriydi, moʻmiyolanadi, qattiqlashib bujmayib qoladi va jigarrang yoki koʻkishqora tusga kiradi. Jarayon cheklangan boʻlib, odatda rivojlanib borishga

moyil emas. Toʻqimalarda oziqlantiruvchi qon tomiri berkilishi natijasida koagulyatsion nekroz boshlanadi, bunda hujayra yadrosi, eritrotsitlar, leykotsitlar, parchalanishi davom etadi.

Klinik manzarasi tahrir

Dastlabki bosqichda oyoq-qoʻlning jarohat yuz bergan joyida bemor kuchli ishemik ogʻriq sezadi. Zararlangan qoʻl-oyoq oqaradi, sovuq qotadi, teri asta-sekin marmar tusga kiradi. Ustki va ichki sezish xususiyati yoʻqoladi, zararlangan qoʻl-oyoq funksiyasi buziladi. Periferik arteriyalarda tomir urishi sezilmaydi. Bordiyu, tomir zararlanganda kollaterallar spazmi ham yuz bersa, gangrena kattagina joyda avj oladi. Sogʻlom toʻqimalarni jonsizlangan toʻqimalardan chegaralovchi demarkatsion chegara rivojlanadi. Nekroz boʻlgan

toʻqimalar ajralib chiqqanda demarkatsion chiziqda biriktiruvchi toʻqima hujayralari koʻpayadi, leykotsitlar yigʻiladi va granulyatsiya shakllanadi. Sogʻlom va nekrozlangan toʻqimalar oʻrtasidagi chegara tobora , chuqurlashib boradi, bunda jarayon to nobud boʻlgan toʻqimalar butunlay ajralib tushguncha davom etadi. Yangi et olgan yara oʻrni qoladi va u

asta-sekin bitib ketadi. Quruq gangrenada toʻqimalarning qurib qolishi, moʻmiyolanishi kuzatiladi. Toksik mahsulotlarning soʻrilishi va organizmga taʼsiri katta ahamiyatga ega: quruq gangrenada organizm intoksikatsiyasi kam rivojlanadi, infeksiyaning rivojlanishiga ham sharoit boʻlmaydi. Agar quruq gangrena toʻqimalarning mahalliy shikastlanishi (lat yeyish,

sovuq urish va h.k.) tufayli paydo boʻlsa, u holda oyoqning qolgan qismida qon aylanishining buzilishi, teri rangi va haroratning oʻzgarishi roʻy bermaydi.

Davosi tahrir

 
Konfederatsiya armiyasi oddiy askari Milton E. Uollen gangrena sabab kesilgan qo'li bilan to'shakda yotibdi.

Infeksiya tufayli mahalliy asorat qolmasligi va quruq gangrenaning yiringli gangrenaga aylanmasligi uchun aseptika qoidalariga qatʼiy amal qilish zarur. Oʻlgan toʻqimalar (nekrektomiya)ni kesib tashlash yoki zararlangan oyoq rosmana demarkatsion toʻsiq pay do boʻlguncha amputatsiya qilinmaydi. Gangrena toʻqimalarning bevosita shikastlanishi

tufayli yuz bergan boʻlsa, amputatsiya hatto demarkatsion chiziq boʻylab ham oʻtkaziladi. Agar gangrena qon aylanishi buzilishi oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa, amputatsiya sezilarli darajada proksimal oʻtkaziladi. Nobud boʻlgan va tirik toʻqimalarni bir-biridan farq qilish uchun intraoperatsion boʻyash usulidan foydalanish zarur (nekrotik toʻqimalar boʻyalmaydi).

Profilaktikasi tahrir

Tashxisni barvaqt aniqlab, kasalda nekroz va gangrenalarni keltirib chiqaruvchi jarohatlar (qon tomirlar jarohati, obliteratsiyalovchi endarterit va ateroskleroz)ni erta davolashning katta ahamiyati boʻladi. Qon aylanishini sozlash, kollaterallarning rivojlanishiga sharoitlar yaratish va qon tomirlar spazmini vaqtida bartaraf etish zarur. Zararlangan qon tomirlarni oʻz vaqtida rekonstruktiv operatsiya qilish bilan tiklash maqsadga muvofiqdir. Shikastlanishlar profilaktikasi va xirurgik infeksiyaga qarshi kurashish katta ahamiyatga ega.

Yiringli (nam) gangrena tahrir

Yiringli (nam) gangrena asosan qon aylanishi haddan tashqari tez buzilgan taqdirda pastoz bemorlarda rivojlanadi (bu kasallikning kelib chiqish sababi qoʻ1-oyoq tomirlarining shikastlanishi, emboliyasidir). Mazkur hollardajonsizlangan toʻqimalar qurishga ulgurmay chirib buzila boshlaydi va bemor organizm nekrozdan shimilayotgan zaharli moddalar

taʼsiri ostida intoksikatsiya rivojlanadi. Koʻpincha gangrenaning bu turida yiring hosil qiluvchi yoki chirituvchi infeksiyalar qoʻshiladi. Toʻqimalar shishuvidan tashqari (yurak nuqsoni, buyrak kasalliklari va boshq.) qand kasalligi ham yiringli gangrenaning rivojlanishiga imkon beradi.

Patolo-anatomik manzarasi tahrir

Nekrotik toʻqimalar qurimasdan infeksiya koʻpayishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Toʻqimalar chirib parchalanadi (putrid). Koʻpincha bunda patologik jarayon anaerob infeksiya (gazli gangrena) bilan davom etadi. Jonsizlangan toʻqimalar kulrang-koʻkimtir rangli, badboʻy hidli, suyuq loyqa massaga aylanadi. Parchalanish mahsulotlari soʻrilib organizmni ogʻir zaharlaydi. Demarkatsion chiziq odatda boʻlmaydi, gohida jarayon cheklangan hollarda granulyatsion toʻsiq shakllanadi. Klinik manzarasi. Kasallik tezda zoʻrayib boradi. Oyoq avvaliga oqaradi, muzlaydi, keyin koʻkimtir-qizil dogʻchalar paydo boʻladi, epidermis qatlam-qatlam boʻlib koʻchadi, qoʻlansa hidli, qon aralash ekssudatli pufakchalar hosil boʻladi. Toʻqimalar juda ham shishib ketadi, zararlangan oyoqda qattiq ogʻriq turadi. Kasallik rivojlangan ogʻir umumiy intoksikatsiya roʻy beradi. Bemorning tashqi qiyofasi oʻzgaradi, tili quriydi, tomir zaif va toʻliq urmaydi, qon bosimi pasayadi, toʻliq apatiya kuzatiladi. Harorat koʻtarilib, gektik xususiyatga ega boʻladi, leykotsitoz kuzatiladi. Bemorning hayoti toʻgʻridan-toʻgʻri xavf ostida qoladi (odatda, bunday bemorlar umumiy intoksikatsiya va sepsisdan nobud boiadilar). Diabet gangrenasi ayniqsa ogʻir oʻtadi. Qand kasalligiga chalingan

bemorlarda organizmning qarshilik koʻrsatish va toʻqimalarning regenerativ qobiliyati pasayib ketadi, ayni paytda ularning yiringli-septik jarayon qoʻzgʻatuvchi mikroblarning rivojlanishiga moyilligi ortadi, shu sababli ikkilamchi yalligianishning qoʻshilishi oson koʻchadi, yaralar esa juda sekin bitadi. Yiringli gangrenada organizmning umumiy reaksiyasi va turli organlari shikastlantirishi mumkin boʻlganligi sababli uning klinik manzarasi ham xilma-xil boʻlishi mumkin. U toʻqimaning xiliga, xarakteriga, shikastlangan aʼzoning qayerda joylashganligiga bogʻliq. Ichki organlar, ayniqsa jigar, buyraklar faoliyati buziladi, taloq shishadi, sepsis, spetitsemiya kechadi. Qorin boʻshligʻi organlari gangrenasiga qorin

pardaning yalligʻlanishi belgilari — peritonitning rivojlanishi xosdir.

Davosi tahrir

Qon tomiri emboliyasida kechiktirilmay operatsiya yoʻli bilan toʻsiqni olib tashlash va qon aylanishini tiklash yaxshi natija beradi. Lekin vaqt kechiksa va qorason (gangrena) boshlangan boʻlsa, umumiy davolash prinsipi intoksikatsiyaga va infeksiyaga, moddalar almashinuvining buzilishini bartaraf etishga qaratiladi. Katta miqdorda kritalloidlar (natriy xloridning izotonik eritmasi, glyukozaning 5-10 foizli eritmasi) yuboriladi, qon, plazma, qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar (gemodoz, jelatinol, kam molekulyar poliglyukin) qoʻyiladi, shuningdek antibiotiklar, nitrofuran preparatlari, yurak dorilari va siydik haydovchi moddalar qoʻllaniladi. Bemorning hayotini saqlab qolish uchun jarayon tugashini kutib

oʻtirmay, gangrena boʻlgan oyoqni ertaroq amputatsiya qilish zarur. Nekrektomiya va nekrotomiya kor qilmasdan, balki bemorning ahvolini ogʻirlashtiradi, zaharlanish manbaini butunlay bartaraf etmaydi. Qorin boʻshligʻi organlari gangrenasida oshigʻich operatsiya qilib, qorin boʻshligʻini ochish (laparotomiya), zaharlangan aʼzoni kesib tashlash (lekin operatsiyani hamma vaqt ham qilib boʻlmaydi) va qorin boʻshligʻini tozalash tavsiya etiladi va umumiy infeksiyaga, intoksikatsiyaga qarshi kurashiladi[2].

Manbalar tahrir

  1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Toshkent, 2000-yil. 
  2. Oripov O.. Umumiy xirurgiya Yangi asr avlodi 2008.