Garbis İstanbulluoğlu
Garbis İstanbulluoğlu (1927-yil 24-fevral — 1994-yil 17-fevral), Tenekeci Gabris laqabi bilan tanilgan[1] sobiq turk futbolchisi va murabbiyi boʻlgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Garbis İstanbulluoğlu | ||
Tavallud sanasi | 24-fevral 1927-yil | ||
Tavallud joyi | Istanbul, Turkiya | ||
Vafot sanasi |
17-fevral 1994-yil (66 yoshda) | ||
Vafot joyi | Istanbul, Turkiya | ||
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1947—1950 | Kadırgaspor | ||
1950—1957 | Vefa S.K. | 90 | (52) |
1957—1960 | Taksim SK | ||
Milliy terma jamoa | |||
1952—1953 | Turkiya | 4 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Yoshlik yillari
tahrirAsli arman millatiga mansub[2][3] Garbis Istanbulning Fotih shahridagi Kadirga mahallasida tugʻilgan. Uning otasi tunukachi boʻlgan, Garbis esa otasining kasbi (Tenekeji turkcha tunukachi) boʻlgani uchun muxlislar va matbuot tomonidan „Tenekeci Garbis“ deb atalgan[4].
Faoliyati
tahrirİstanbulluoğlu oʻzining mahalliy jamoasi Kadirgaspor bilan futbol oʻynay boshlagan. U 1950-yilda „Vefa SK“ga kelib qoʻshilgan va u yerda 90ta oʻyinda maydonga tushib, 52ta gol urgan. U „Taksim SK“ jamoasida ham uch mavsum oʻynagan.
Milliy terma jamoa
tahrirİstanbulluoğlu birinchi boʻlib Turkiya sharafini himoya qilgan asli arman millatiga mansub futbolchi hisoblanadi[5]. U ilk bor Turkiya terma jamoasi safida 1952-yil 1-iyun kuni Anqarada Shveysariyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va oʻsha uchrashuvida gol urgan[6]. U Turkiya terma jamoasi safida toʻrt marta maydonga tushib, uchta gol urgan. 1953-yil 11-dekabrda Istanbulda Italiya (B) jamoasiga qarshi Turkiya terma jamoasi tarkibda oʻynagan. Biroq bu oʻyin FIFA uchun rasmiy oʻyin hisoblanmaydi[7].
Murabbiylik
tahrirMurabbiylik faoliyatini Taksim SKda boshlagan. 1967\1968-yilgi mavsumda u Taksim SK Turk 2 ligasidada Mehmet Ali Hasning yordamchisi boʻlgan. Keyingi yili u Taksim SKning texnik direktori lavozimiga 1974-yilgacha tayinlangan va jamoa Turk havaskorlar ligasiga tushib ketgan. U shuningdek, Shishli SK boshqaruvchisi lavozimida ham faoliyat yuritgan. Har ikki jamoa ham Istanbuldagi arman jamiyati vakillik qiladigan klublar sirasiga kirgan.
Oʻlimi
tahrirİstanbulluoğlu 1994-yil 17-fevralda Istanbulda vafot etgan va Shishli arman qabristoniga dafn qilingan.
Statistika
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | |
---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | ||
Vefa SK | 1950-51 | 12 | 7 |
1951-52 | 13 | 8 | |
1952-53 | 13 | 8 | |
1953-54 | 16 | 13 | |
1954-55 | 17 | 11 | |
1955-56 | 12 | 2 | |
1956-57 | 17 | 3 | |
Jami | 90 | 52 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol | Assis |
---|---|---|---|---|
Turkiya | 1952-yil | 2 | 1 | - |
1953-yil | 2 | 2 | - | |
Jami | 4 | 3 | - |
Manbalar
tahrir- ↑ „Kadırga'da Futbol Kültürü“ (Tr). Turkish Football Federation (6-oktabr 2005-yil). 8-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2020-yil.
- ↑ Forvet. „Garbis İstanbulluoğlu (Vefa) @ Mackolik.com“. Mackolik.com. 2013-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2012-yil.
- ↑ „Türkiye takımında bir Garo... - TANIL BORA“. Radikal.
- ↑ Aslan. „S A B A H O N L I N E 01.09.2001“. arsiv.sabah.com.tr.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 9-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
- ↑ „1951-1952 Turkish National Team“. www.angelfire.com.
- ↑ „1953-1954 Turkish National Team“. www.angelfire.com.