Garzni-xovla
Garzni-xovla (chex. Garzni xovla) — chechenlarning anʼanaviy milliy taomi, xolva. U bugʻdoy uni, tovuq tuxumi, yongʻoq, qand (karamel), shakar, suv va oʻsimlik yogʻini oʻz ichiga oladi. Xolva deyarli barcha chechen bayramlarida tayyorlanadi[1].
Tavsifi
tahrirHalva tayyorlash uchun tuxum chayiladi. Suvsiz, tuxumning oʻzidan xamir qoriladi. Xamir yupqa qilib yoyiladi va uzunchoq ugra shaklida kesiladi. Ugra koʻp miqdordagi yogʻda qisqa vaqt davomida qovuriladi. Oltin rangga kirishi bilanoq yogʻdan chiqariladi. Yongʻoq tozalanadi va pechda quritiladi.
Qiyom uchun karamel va shakar suvga botiriladi, olovda isitiladi. Qiyom yogʻoch qoshiq bilan aralashtiriladi. Keyinchalik, ugra va yongʻoqlar ustiga issiq sirop quyiladi va aralashtiriladi. Hoʻllangan qoʻllar bilan halvaga toʻrtburchak shakli beriladi va boʻlaklarga kesilgan holda uzatiladi[1][2][3].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Откуда в Чечне чак-чак Десерт, привезенный в Чечню из Средней Азии полвека назад, теперь считается национальным и подается к столу почти на каждый праздник“. 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Халва с орехами и лапшой“. 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-sentyabr.
- ↑ „«Чечня моими глазами» — рецепт приготовления «Гарзни хьовл»“. 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-sentyabr.