Gas Project Development Central Asia

Gas Project Development Central Asia – Shveysariyaning gaz xizmatlari kompaniyasi[1]. Markaziy Osiyodagi gaz konlarida faoliyat olib boradi. 2003-yil 4-sentyabrda Shveysariyada davlat roʻyxatidan oʻtgan. Rahbari – Philipp Machler. Bosh qarorgohi Shveysariyaning Baar shahrida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi „2017-2021-yillarda uglevodorod qazib olishni koʻpaytirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi PQ-2822-sonli qaroriga muvofiq, kompaniya hamkor tashkilotlar bilan birgalikda „Natural Gas Stream“ qoʻshma korxonasini tashkil etish vazifasi yuklangan[2]. Oʻzbekistondagi yirik „Gissarneftgaz“ qoʻshma korxonasining 45% ulushi kompaniyaga tegishli[3].

Gas Project Development Central Asia
Turi gaz xizmatlari kompaniyasi
Ishga tushgan sanasi 2003-yil 4-sentyabr
Joylashuvi Shveysariya
Hududiy xizmati Markaziy Osiyo
Direktori Philipp Machler

Manbalar

tahrir