Gavhar Qodirovna Haydarova — Sovet kasaba uyushmasi, davlat va siyosiy arbob.

Gavxar Qodirovna Haydarova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1926-yil
Vafoti Noma’lum
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Tarjimai holi tahrir

1926-yilda tugʻilgan. 1960-yildan KPSS aʼzosi. Oʻrta Osiyo politexnika institutini tamomlagan.

1954—1985-yillarda:

  • Chirchiq elektrokimyo zavodi smena muhandisi, smena boshligʻi,
  • Chirchiq shahar ijroiya qoʻmitasi raisi,
  • Toshkent viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi,
  • Toshkent shahar Oʻzbekiston Kompartiyasi Kirov tuman qoʻmitasining birinchi kotibi,
  • 14.03.1980 — 30.03.1985-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi kotibi.

SSSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 6—10-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

1985-yildan keyin vafot etgan.

Havolalar tahrir

  • O‘zbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: O‘ninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T .: Oʻzbekiston, 1981. — B. 9.
  • http://www.knowbysight.info/1_UZBEK/03465.asp
  • R7523 105 151 "SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971 yil 25 avgustda qabul qilingan farmoni va unga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / 2074-VIII-son. 6-jild