Gavhar Ibodullayeva
Gavhar Ibodullayeva Inoyatovna – taniqli shoira, pedagog. Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashi deputati. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Ibodullayeva Gavhar Inoyatovna | |
---|---|
Tavalludi |
18-sentyabr 1961-yil Turkmaniston |
Kasbi | Pedagog |
Sohasi | Filologiya |
Taʼlimi | Xorazm pedagogika instituti |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirIbodullayeva Gavhar Inoyatovna 1961-yil 18-sentabrda Turkmaniston Respublikasi, Tashavuz viloyatida tugʻilgan. 1983-yilda Xorazm pedagogika institutining Filologiya fakultetini tugatgan. 1983–1998-yillarda Yangibozor tumanidagi 19-son maktabda oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.
1994-yildan Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan. 1998-yilda Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi Xorazm viloyati boʻlimi rahbarligiga tayinlangan.
Ijodi
tahrirUning qalamiga mansub „Qutlugʻ soʻzlar“ (1993), „Bir vujud sogʻinch“ (1995), „Yuragimda yashayotgan sir“[1], „Vatan siyrati“ kabi sheʼriy toʻplam va saylanmalar muallifi.
Mukofotlari
tahrir- 1994-yil „Xalq taʼlimi aʼlochisi“
- 1997-yil „Shuhrat“ medali[2] ,
- 2000-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni,
- 2003-yil „El-yurt hurmati“ ordeni,
- 2011-yil „Mustaqillikning 20 yilligi“ nishoni
- 2016-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvonlari
Manbalar
tahrir- ↑ „Yuragimda yashayotgan sir, Yangi Asr Avlodi, 2021“.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 25.09.1997 yildagi PF-1844-son“. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.