Qadimgi Rimda yashab ijod etgan Rim yuristlaridan biri. Gay zodagonlarning siyosiy nufuzini zaiflashtiruvchi qonunlar chiqartirgan . Xususan, xalq majlisida magistratlarni yashirin ovoz bn saylash toʻgʻrisida qonun joriy qilingan . Bundan tashqari, xalq majlisi biror kishini xalq tribuni vazifasi qatoriga ikki yil va undan koʻproqqa qayta saylanishi mumkinligi haqida qaror chiqargan. Gay Oʻz akasining agrar islohotlarini amalga oshirish bn birga yersiz fuqarolarni yer bn taʼminlash maqsadida mil . avv . 123-122 yillarda provintsiyalarda Rim fuqarolarining koloniyalarini tuzish va kambagʻallarga davlat omborlaridan juda arzon baho bn don sotish toʻgʻrisida qonunlar chiqartirgan . Gay harbiy islohotlar ham oʻtkazgan . Rim fuqarolari uchun majburiy boʻlgan harbiy yurishlar soni cheklangan , 46 yoshga toʻlgan fuqarolar uchun harbiy majburiyat bekor qilingan, askarlar davlatdan maosh va qurol — yarogʻ oladigan boʻlganlar, xalq majlisida oʻlimga mahkum etish xaqidagi xukmdan shikoyat qilishlari mumkin boʻlgan .[1]

Manbalar tahrir

  1. O'zbekiston Yuridik ensiklopediyasi.