Gayane Chiloyan (armancha: Գայանե Չիլոյան; 2000-yil 27-sentyabr, Yerevan shahrida tugʻilgan) – armanistonlik sportchi, qisqa masofaga yugurish boʻyicha mutaxassis. 2016-yildan beri Armaniston yengil atletika jamoasida oʻynab kelmoqda, milliy chempionatlar gʻolibi va sovrindori, bir qancha sprint yoʻnalishlari boʻyicha amaldagi milliy rekordchi, Rio-de-Janeyrodagi Yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Biografiyasi tahrir

Gayane Chiloyan 2000-yil 27-sentyabrda Yerevanda tugʻilgan.

10 yoshida yengil atletika bilan shugʻullana boshlagan[1].

Sprint yugurish boʻyicha oʻzining birinchi jiddiy muvaffaqiyatiga 2016-yilda 15 yoshida erishgan, oʻshanda Artashatda boʻlib oʻtgan Armaniston chempionatida 100 va 200 metr masofalarga oʻz shaxsiy rekordlarini oʻrnatgan – mos ravishda 11,54 va 23,16 soniyada bu natijaga chiqa olgan. Olimpiya saralash standartini bajarib, Armaniston terma jamoasiga qoʻshilgan va Rio de Janeiroda boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan, ammo yakunda 200 metrga yugurish dasturida dastlabki saralash bosqichidan oʻta olmadgan[2]. Shu bilan birga, Armaniston tarixidagi Olimpiya oʻyinlarining eng yosh ishtirokchisiga aylangan[3].

Rio Olimpiadasidan keyin Chiloyan yana bir olimpiya siklida Armaniston yengil atletika jamoasi safida yirik xalqaro musobaqalarda qatnashishda davom etgan. Shunday qilib, 2017 yilda Istanbuldagi musobaqada u yopiq inshootlarda 200 metrga yugurishda – 24,70 soniya bilan Armaniston milliy rekordini oʻrnatgan. Belgraddagi yopiq inshootlardagi Yevropa chempionatida 60 metr masofaga yugurishda qatnashgan, Yevropa jamoaviy chempionati uchinchi ligasida 200 metrga yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Nayrobida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 100 metrga yugurish boʻyicha oʻz natijasi bilan eʼtirof etilgan.

2018-yilda Tampere shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 200 metr masofaga yugurishda ishtirokchi.

Manbalar tahrir

  1. „«Дорога к Рио». Легкоатлетка Гаяне Чилоян“. Олимпийский комитет Армении (2016-yil 14-iyul). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  2. Gayane Chiloyan at Olympedia
  3. Гоар Налбандян. „Гаяне Чилоян: Я не рассчитывала на олимпийскую путевку“. sport.mediamax.am (2016-yil 21-iyun). 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.