Gazli qurollar — inson hayoti va salomatligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarda qoʻllanadigan zaharli toksik moddalar tarkibiga kiruvchi gazlar bn zaharlash uchun ishlatiladigan moslamalar . Mazkur moslamalarning tuzilishi asosan qisqa stvolli otish quroli boʻlgan gazli pistolet ëki revolver shaklida boʻlib, gazli modda gilzada joylashtirilgan boʻladi. Qurolning tepkisi bosilganda gaz oqimi insonning nafas yoʻllariga kirib tanaga asab — falajlik keltirib chiqaradi . Gaz tarkibidagi zaharli moddaning xajmiga koʻra inson qisqa muddatga hushidan ketadi yoki kuchli taʼsir qilsa, oyoq — qoʻl xarakatsiz boʻlib, qarshilik koʻrsatolmay qoladi. Gazli qurollar baʼzi hollarda turli buyum shaklida xam uchrab turadi. Masalan: zont, yozish — chizish quroli kabilar.OʻzR miqyosida sud — tergov amaliyotida gazli qurollardan foydalanish kamdan — kam uchragan. Oxirgi 10-15 yillar davomida statistikada qayd etilmagan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi