Gega sharsharasi
Gega sharsharasi (yoki Cherkes sharsharasi) — Abxaziyadagi sharshara, balandligi taxminan 70 m (boshqa manbalarga koʻra 50—55 m). U Gagra tizmasining shimoliy etaklarida, dengiz sathidan 530 metr balandlikda, Gega daryosi vodiysi tomonida, Yupshara daryosiga quyilish joyidan olti kilometr uzoqlikda joylashgan.

Joylashuvi tahrir
Uzunligi 25 km boʻlgan va Bzyb daryosining oʻng irmoqlarining eng kattasi boʻlgan Gega daryosi tor va xushmanzarali daradan oqib oʻtadi va oʻz oqimida koʻplab tez oqimlar va sharsharalarni hosil qiladi.Sharsharadagi suv yaxna boʻlib, suv massasi tushadigan togʻ etagida odatda yoz oxirigacha qor yotadi. Sharsharaning chap tomonida yon yoriqlardan suv chiqishi natijasida hosil boʻlgan grot bor. Yoriqlardagi suv oʻzining musaffoligi bilan mashhur va u erdan ichish uchun estimol qilinadi. Grot ochilishining balandligi taxminan 15 m, kengligi 35 m[1].
Gega sharsharasi sayyohlar orasida juda mashhur.
Kinoda tahrir
"Sherlok Xolms va doktor Uotsonning sarguzashtlari" filmi toʻplamida Xolms va professor Moriarti oʻrtasidagi jang sahnasi aynan shu (Reyxenbax emas) sharsharasi fonida suratga olingan[2]. Bu yerda „Rikki-Tikki-Tavi“, „Sportloto-82“ filmlarining sahnalari, shuningdek, Gruziyaning „Data Tutashxia“ serialining bir qancha sahnalari suratga olingan.
Havolalar tahrir
- ↑ „Пещеры массива Арабика“ (ru). www.rgo-speleo.ru. 27-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-fevral 2020-yil.
- ↑ „Интернет-памятник фильму «Приключения Шерлока Холмса и Доктора Ватсона»“ (ru). www.221b.ru. 3-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-fevral 2020-yil.
Galereya tahrir
Manbalar tahrir
- „Гегский водопад“ (ru). www.altertravel.ru. Qaraldi: 8-fevral 2020-yil.
- „Гегский водопад“ (ru). www.liveinternet.ru. Qaraldi: 8-fevral 2020-yil.