Gelen Ariold
Gelen (Gehle) Ariold (1904.29.01, Leypsig 1976.1, Gamburg) -nemis faylasufi, falsafiy an- tropologiya asoschilaridan biri. Asosiy asarlari- dan biri „Inson, uning tabiati va dunyodagi mav- qei“ (1944) da nemis fal-iy antropologiyasi uchun muhim fal-iy-biologik konsepsiyani ifodalagan. Hayotiy jarayonlar moddiy sabablarga emas, balki ilohiy kuchlarga bogʻliq, deb hisoblovchi vitalizm, ongsizlikning ahamiyati ustunlik qilishi haqida- gi boshlangich tezis va Nitsshening inson haqidagi „hali aniqlanmagan hayvonot“ qoidasi asosida G.ni xayvonot dunyosiga xos xususiyatlar insonning ta- biatiga ham xos boʻlgan biologik asos uchun xizmat qiladi, degan xulosaga olib keladi. G. nuqtai naza- riga koʻra, inson „biologik takomillashmagan“ mav- judotdir, chunki u hayvoniy-biologik tuzilmalar kabi tabiiy mayl (instinkt) bilan „mustahkamlan- magan va nihoyasiga yetkazilmagan“, shuning uchun ham, sof tabiiy mavjud boʻlishlikdan olib bo- rishlikdan mahrumdir. Inson oʻzi uchun imkoniyat va qobiliyatlarini tatbiq etishda, oʻz usullarini topib borishda tabiat tomonidan uning dunyoni ochi- shi va uni tabiatda faoliyat koʻrsatib borishini belgilab qoʻygan. Tarix, jamiyat va uning in-tlari, G.ning fikriga koʻra, faqat insonning biologik kamchiliklarini toʻldiruvchi va uning yarim instinkt intilishlarini amalga oshiruvchi eng maqbul shakllari sifatida talqin qilinadi. G.ning insonga biologik yondashuvi uning mohiyatini irratsional buzib talqin qilishga olib keldi, inson ongi va ijtimoiy mohiyatini haqiqiy, chin maʼnoda tushu- nishga imkon bermadi.
Adabiyotlar
tahrirFalsafa qomusiy lugʻati; „OʻZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYaTI NAShRIYoTI“ „ShARQ“ NAShRIYoT-MATBAA AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI BOSh TAHRIRIYaTI TOShKENT — 2004
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |