Gelios haykali
Qadimgi Yunonistonda aksariyat aholi Quyosh maʼbudi Geliosga eʼtiqod qilishgan. Shu boisdan yunonlar erishgan har bir muvaffaqiyatlari uchun Geliosga qurbonliklar qilishgan, haykallar qoʻyishgan. Ana shunday haykallardan biri Egey dengizida Rodos orolidagi shu nom bilan nomlanuvchi shaharda, miloddan avvalgi 292—280-yillarda bunyod etilgan. Mazkur obida mahobatli boʻlganligi sababli, hech shubhasiz Qadimgi Dunyoning yetti moʻjizasidan biri deb tan olingan. Mazkur haykal Rodosdagi Koloss (Gelios) nomi bilan mashhur.
Koʻpgina zamonaviy taʼriflarga koʻra, Gelios haykali taxminan 70 tirsak yoki 33 metr (108 fut) balandlikda edi. Bu zamonaviy Ozodlik haykalining oyogʻidan to tojigacha boʻlgan balandligiga teng. Bu esa uni qadimgi dunyodagi eng baland haykalga aylantirgan[1]. Eramizdan avvalgi 226-yilda boʻlib oʻtgan zilzila haykalga katta talofat yetkazgan boʻlsa-da, uning ayrim qismlari saqlanib qolgan. Maʼlum bir sabablarga koʻra, rodosliklar uni qayta qurishmagan[2]. John Malalas Adrian oʻz hukmronligi davrida Kolossni qayta tiklaganini yozib qoldirgan[3]. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, rodiyliklar orolda haykal oʻrnatganlari uchun kolossayliklar (Kolosaeῖs) deb ham atalgan[4].
653-yilda musulmon sarkardasi Muoviya I boshchiligidagi arab qoʻshinlari Rodosni egallagan va Feofan Xronikasida eʼtirof etilishiga koʻra, haykal butunlay vayron etilib, qoldiqlari sotib yuborilgan.
2008-yildan beri Rodos bandargohida yangi Colossus qurish boʻyicha hali amalga oshirilmagan bir qator takliflar eʼlon qilingan, ammo asl yodgorlikning haqiqiy joylashuvi bahsli boʻlib qolmoqda[5].
Tarixi
tahrirRodoslik aholi makedoniyaliklar tomonidan qoldirib ketilgan qurol-yarogʻlarni sotib, katta daromad olishgan va shuning evaziga „qamal vaqtidagi gʻamxoʻrligi uchun“ Quyosh mabudi Geliosga minnatdorchilik ramzi sifatida ulkan haykal oʻrnatishga qaror qilishgan.
Qurilish miloddan oldingi 292-yilda boshlangan. Qadimgi hisob-kitoblarga koʻra, strukturani temirdan tayyorlanganligi va u bronza bilan qoplanganligi keltirib oʻtiladi.
Vizantiya filosini yozgan De Septem Mundi Mirakulis „Mazkur haykalni haykaltarosh Xares 12 yil davomida yaratdi…“deb yozad[6]i.
Ulkan haykal orolning port qismiga kiraverishdagi qoyalikdagi oq marmar ustiga qurilgan. Uning joylashgan oʻrni sababli, haykal atrofdagi orollarga ham bemalol koʻrinib turgan. Shunisi qiziqki, haykal ayni oʻrnatilgan joyida qurilgan va bunda meʼmor biroz ayyorlik ishlatgan, yaʼni qurilishda u sunʼiy tepalikdan foydalanagan. Haykal bitgach, Geliosning yosh, boshiga gulchambar taqqan mahobatli haykali barcha rodosliklarni lol qilib qoʻygan[7].
Arxeolog Ursula Vedder haykalni anʼanaviy yunon qurilish usullaridan soʻng katta qismlarga boʻlib ishlab chiqarishni va Filoning hisobi „qadimgi Yunonistonda arxeologiya tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan vaziyatga mos kelmasligini“ aytib oʻtgan[6].
Ulkan haykalni yasash uchun 500 talant bronza va 300 talant temir (1 talant taxminan 26.2 kg ga teng) yaʼni 13 tonna bronza va 8 tonnaga yaqin temir ishlatilgan[7].
Vayron boʻlishi
tahrirGelios haykali oʻz oʻrnida atigi 65 yil turadi va 222-yilgi kuchli zilzila natijasida qulab tushadi. Strabonning yozishicha „…zilzila natijasida qulagan haykal tizzalari singan holda yerda yotar edi“[2]. Tizzalari uning eng nozik joyi boʻlgani sababli yevropaliklar omonat ishga nisbatan „loy oyoqli Gelios“ iborasini ishlatadilar[8].
Rodosliklar bu haykalni qayta tiklashga urinadilar, ammo bu muvaffaqiyatli yakunlanmaydi. Keyinchalik haykal boʻlaklari 977-yilda sotib yuboriladi. Ayrim manbalarda keltirilishiga koʻra barcha boʻlaklar 900 tuyaga yuklab olib ketilgan ekan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ Higgins Reynold. Rodos Kolossusi, 1989.
- ↑ 2,0 2,1 „Geografiya“.
- ↑ Malalas. „Xronografiya“.
- ↑ „Suda ensiklopediyasi“.
- ↑ Kate Williams (26.12.2015). „"Rodosni rekonstruktsiya qilish loyihasi Gretsiya uchun qimmatga tushishi mumkin– ammo bu yaxshi natijalar keltirishi mumkin"“. The Guardian.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|year=
(yordam) - ↑ 6,0 6,1 Vedder Ursula. „Kolossusi kursilari“ (2017).
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Karomiddin Gadoyev. Sayyoramiz mo`jizalari, 2012 — 99-102-bet.
- ↑ Rose Williams. Loy-oyoqli super qahramonlar.