Generatsiya shartlari

tahrir

Fizikaviy tajribalar texnikasida va radioelektronikaning koʻp sohalarida elektr tebranishlarini xosil kiladigan qurilmalar katta ahamiyatga ega.

Oʻzgarmas tok manbai energiyasini biror shakl va  chastotali oʻzgaruvchan tok (kuchlanish) energiyasiga ay- lantirib beruvchi qurilma elektr signali generatori deb ataladi. Ayrim hollarda maxsus rejimda ishlovchi yukori chastotali katta quvvatli kuchaytirgichlar xam elektr signali generatori deyiladi. Qurilmada hosil qilinayotgan tebranishning chastotasi va shakli chiziq- li boʻlmagan element xususiyatlariga va qurilmaning sxemasiga bogʻliq boʻladi. Uygʻotilish- tebranish hosil qilish usuliga qarab generatorlar tashqi va ichki turtki taʼsirida ishlovchi generatorlarga ajratiladi. Tashqi turtki taʼsirida uygonadigan generatorlar, asosan, rezonans kuchaytirgichdan iborat boʻlib, aslida tebranish manbai boʻlmay, balki kam quvvatli signalni kuchaytirib beradi, xolos. Ular yuqori chastotali generator hisoblanadi. Tebranish chastotasi nagruzka konturining rezonans chastotasiga teng boʻlib, amplituda tashqi kuch bilan belgilanadi. Bunday generatorlarda tebranish chastotasi kvars kristali orqali berilishi mumkin (kvars generatorlari).

Ichki turtki taʼsirida uygonadigan generatorlar oʻz-oʻzidan  tebranish xosil qiluvchi generator bulib, ular avtogenerator deb xam ataladi. Ularda tebranish chastotasi va amplitudasi qurilmaning xususiy para metrlari orqali belgilanadi.

Tebranish shakliga qarab generatorlar garmonik va garmonik bulmagan relaksatsion tebranish generatorlariga ajratiladi. Tebranishining shakli sinuslar (kosinuslar) ko- kuni buyicha oʻzgaradigan tebranish ishlab chiqaradigan generatorlar garmonik tebranish generatori deb, aks xolda esa, garmonik boʻlmagan relaksasion tebranish generatori deb ataladi.

Garmonik tebranish generatorlari past va yuqori chastotali generatorlarga boʻlinadi. Ularga RC va LC -generatorlar misol boʻladi.

Qurilmada tebranish hosil boʻlish hodisasi generatsiya deb ataladi. Uning vujudga kelishi uchun maʼlum shartlar bajarilishi kerak. Ularni generasiya shartlari deb ataladi. Kuchaytirgichlarda musbat teskari bogʻlanish (φ=0) bulganda kuchaytirish koeffisientining teskari boglanish parametri Kβ ortishi bilan oʻsishini, kuchaytirish jarayoni stabilligi kamayishini aniqlagan edik. Ana shu nostabillik oʻz-oʻzidan tebranish xosil boʻlishining zarur sharti deb qabul qilinadi. Haqiqatan xam,

 

shartlar bajarilganda sistemaning natijaviy kuchaytirish koeffisienti   cheksizga aylanadi. Bu sistemaga chekli amplitudali signal taʼsir etganda uning chiqishida cheksiz amplitudali tebranish hosil boʻlishi kerakligini koʻrsatadi. Lekin cheksiz amplitudali tebranish fizikaviy maʼnoga ega emas.

 
1-rasm.

Shuning uchun (1-rasm) ifoda qurilmaning chiqishida chekli amplitudali tebranish hosil boʻlishi uchun kirish signalinining hojati yoʻqligini koʻrsatadi. Bu sistemaning oʻz-oʻzidan uygʻonishidir.

Manbalar

tahrir
  • X.Nigʻmatov „Radioelektronika asoslari“
  • N.Sh. Turdiyev „Radioeletronika“

Havolalar

tahrir