Genetik dreyf
Genetik dreyf (yoki allel dreyfi) biror populatsiyadagi tasodifiy allellarning (gen variantlarining) avloddan avlodga oʻtishi natijasida allel chastotasidagi oʻzgarishlar jarayonidir. Bu tasodifiy oʻzgarishlar tanlanish yordamida filtrlanadi. Genetik dreyf konsepti 1920-larda Sewall Wright tomonidan oʻrtaga tashlangan.
Biologiya |
Evolutsiya |
Mexanizm va jarayonlari |
Moslashish |
Tadqiqotlar va tarix |
Evolutsion biologiya sohalari |
Kladistika |
Genlar dreyfi (gollandcha drijven — suzmoq, quvib haydamoq), genetik-avtomatik jarayonlar — tasodifiy omillar taʼsirida qator avlodlar davomida populyatsiyalarda genlar chastotasining oʻzgarishi. Genetik dreyf, odatda, populyatsiyalar irsiy oʻzgaruvchanligining pasayishiga olib keladi. Genetik dreyf tabiiy ofatlar (oʻrmonlarning yonishi, suv toshqini), zararkunapdalarning keng tarqalishi va b. natijasida populyatsiya individlari soni keskin kamayib ketganida aniq namoyon boʻladi. Genetik dreyf tazyiqi ostida populyatsiya genotipik tarkibi dinamikasining harakterli xususiyati gomozigotlanish jarayonining kuchayishidan iborat. Bu hodisa populyatsiya arealining torayishi tufayli yaqin qarindosh individlar oʻrtasidagi chatishish imkoniyatining ortishi bilan bogʻliq. Natijada tasodifiy ravishda genlar chastotalarining oʻzgarishi tufayli ayrim allellarning saqlanib qolishi, boshqasining yoʻqolishi roʻy beradi. Ajralish paytida vujudga kelgan baʼzi gomozigotali formalar yangi muhit sharoitiga moslanishda qimmatli boʻlib chiqishi va ular tabiiy tanlanish taʼsiriga uchrab, keyinchalik populyatsiya individlari sonining orta borishi bilan keng tarqala boshlashi mumkin. Genetik dreyf nazariyasi 20-asrning 40-y.larida amerikalik genetik S. Rayt hamda undan mustaqil ravishda rus olimlari D. D. Romashov va N. P. Dubininlar tomonidan ishlab chiqilgan. Genlar dreyfi S.Rayt tomonidan kiritilgan. U pashshalar populyatsiyasida ish olib borgan
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |