Geolog haykali
Geolog haykali — Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Monumental san’at yodgorligi. Obyekt davri: 1978-yil. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida joylashgan. Obyekt manzili: “Langar” MFY. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2]. 1922 yildan boshlab, Nurota tog’ tizmalari va Oqtog’ni o’rganish uchun geologiya qidiruv guruhlari bu yerga kela boshlaydi. Ana shu yili geologiya tashkilotining O’rta Osiyo bo’limi qidiruv guruhi tomonidan izlanishlar jarayonida ilk bor Langarda molibden ma’dani borligi aniqlanadi. Tog’ jinslariga yopishib turgan qimmatbaho xomashyo geologiyaqidiruv ishlari jonlanib ketishiga asosiy sabab bo’ladi. Konda molibdendan tashqari granit, ohaktoshva minerallar borligi aniqlanadi.
Uning zaxiralari koni sanoat miqiyosida ishga tushirishga yetarli, degan qarorga kelingach, 1935-1939 yillarda Langar konini tadqiq etish ishlariga o’zbek olimi Habib Muhammedovich Abdullayev boshchilik qiladi. Olim 1939 yilda «O’zbekistondagi volfram-molibden Langar konining geologik tuzilishi, minerologik tarkibi va genezisi» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli yoqlaydi.
Langar qo’rg’onining paydo bo’lishi ko’p jihatdan mazkur o’zbek olimining sa’y-harakati bilan bog’liq. Shu bois, bugungi kunda Langarda mazkur olimning haykali o’rnatilgan.
Geolog haykalida Habib Muhammedovich Abdullayev obrazi shakllantirilgan. Geolog haykali 1978 yil haykaltorosh Safarmurod Kamolboyev tomonidan ishlangan.
Obyektning o’ziga xos jihatlari va analoglardan farqlari ushbu haykal rangi sariq bo’lib, haykalning o’lchamlari katta va tog’ning tepa qismida joylashganligidir.
Manbalar
tahrir- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |