George Saunders(1958-yil 2-dekabrda tugʻilgan)— amerikalik qisqa hikoyalar, insholar, romanlar va bolalar kitoblari muallifi. Uning asarlari The New Yorker, Harper’s, McSweeney’s, and GQ jurnallarida chop etilgan.Sirakuza universiteti professori Saunders 1994,1996,2000 va 2004-yillarda badiiy adabiyot boʻyicha „Milliy jurnal mukofotini“ yutadi va 1997-yilda „O.Henri Awards“ ikkinchi mukofotni qoʻlga kiritadi.1996-yil PEN/Xeminguey mukofoti,2006-yilda Sonders MakArtur stipendiyasini oladi va shuningdek „CommComm“ qisqa hikoyasi uchun Jahon Fantaziya mukofotini qoʻlga kiritgan.

Hayoti tahrir

 
George Saunders

George Saunders Texasning Amarillo shahrida tugʻilgan.Chikago yaqinidagi Illinoys shtatidagi Oak Forestida yashagan.St. Damian Catholic maktabida oʻqigan va Illinoys shtatidagi Oak Forestdagi Oak Forest oʻrta maktabini tamomlagan. Yigirma yoshining bir qismini u Chikagoda tom yopuvchi, Beverly Hillda qoʻriqchisi sifatida va qassobxonada sotuvchi bo'lib ishlagan.1981-yildaKolorado shtatining Golden shahridagi Kolorado maktabidan geofizika muhandisi boʻlgan.1988-yilda Tobias Wolff[1] bilan birga ishlagan va Sirakuza universitetida ijodiy yozish boʻyicha magistrlik darajasiga ega boʻldi.u yerda yozuvchi Paula Redick bilan uchrashdi va unga uylangan.Ularning ikkkita bolasi bor(Caitlin Saunders va Alena Saunders)[2].

Asarlari tahrir

  • Lincoln in the Bardo
  • Tenth of December
  • A Swim in a Pond in the Rain
  • CivilWarLand in Bad Decline
  • Pastoralia
  • Fight of the Century
  • My Ideal Bookshelf
  • The Braindead Megaphone[3]

Mukofotlari tahrir

Saunders toʻrt marta badiiy adabiyot boʻyicha Milliy jurnal mukofotini qoʻlga kiritadi. Uning birinchi qisqa hikoyalar toʻplami „CivilWarLand in Bad Decline“ 1996-yil PEN/Xeminguey mukofotining finalchisi edi.2001-yilda Saunders Lannan jamgʻarmasi tomonidan badiiy adabiyot boʻyicha Lannan adabiy stipendiyasini oladi.2017-yilda oʻzining „ Lincoln in the Bardo“ nomli birinchi romanini nashr etadi,„Booker Prize“ mukofotini qoʻlga kiritadi va Nyu-York Taymsning bestselleriga aylanadi.

Manbalar tahrir

  1. „Tobias wolff“. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
  2. „bolalari haqida“. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
  3. „G.Saundersning asarlari“. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.

Havolalar tahrir

[1]

  1. „George Saunders bilan suhbat“ (inglizcha). Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.