Georgiy Basharin
Georgiy Prokopiyevich Basharin (1912-yil 21-mart — 1992-yil 18-aprel) — sovet va rus tarixchisi, jamoat arbobi, tarix fanlari doktori, professor, RSFSR va YASSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
Georgiy Basharin | |
---|---|
Tavalludi |
21-mart 1912-yil Sylanskiy naslegi, Boturus ulusi, Yakutsk viloyati |
Vafoti |
18-aprel 1992-yil (80 yoshda) |
Fuqaroligi | Rossiya |
Kasbi | tarixchi |
Ish joylari | M. K. Ammosov nomidagi Shimoliy-sharqiy federal universiteti |
Taʼlimi | Moskva davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | tarix fanlari doktori (1950, 1956) |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirGeorgiy Basharin 1912-yil 21-martda Yakutsk viloyati Boturus ulusining Sylanskiy naslegida Prokopiy Nikolayevich va Akulina Alekseyevna Basharinlarning koʻp bolali oilasida tugʻilgan[1]. Moskva davlat pedagogika institutini tamomlagandan keyin (1938)[2] Yoqut davlat pedagogika institutida (1938—1940), soʻngra Xalq komissarlari soveti huzuridagi Til va madaniyat institutida (1941—1943) ishlagan[2]. VI—IX chaqiriqlar Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi deputati, KPSS XXIII syezdi delegati. Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish Butunrossiya jamiyatining Yoqut respublika boʻlimi raisi. 1964—1966-yillarda YDU tarix-filologiya fakulteti dekani, 1966—1992 yillarda adabiyot va sanʼat sohasidagi P. A. Oyunskiy nomidagi Respublika mukofotini berish komissiyasi raisi boʻlib ishlagan[2]. 1992-yil 18-aprelda vafot etgan[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirYoqut adabiyoti asoschilari A. E. Kulakovskiy, A. I. Sofronov va N. D. Neustroyev faoliyatiga oid birinchi yirik tadqiqoti nafaqat tarix faniga muhim hissa qoʻshgan, balki fuqarolik jasorati ham boʻlgan. Ushbu tadqiqotlar 1943-yilda himoya qilingan nomzodlik dissertatsiyasiga asos boʻldi[1]. Dissertatsiya XX asr boshidagi yoqut milliy ziyolilarning birinchi avlod imadaniyat va ijtimoiy-siyosiy tarix rivojidagi beqiyos oʻrni haqidadir.
Keyingi yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Yoqut boʻlimining Til, adabiyot va tarix institutida ilmiy kotib, soʻngra kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan Basharin oʻzini mamakatning butun tarixini oʻrganishda asosiy muammo boʻlgan Yoqutistondagi agrar munosabatlar tarixini oʻrganishga bagʻishlaydi. SSSR Fanlar akademiyasi Tarix institutida doktoranturani tamomlagandan soʻng, Basharin ushbu mavzu boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi (1950).
1952-yilda ittifoq va avtonom respublikalarning milliy ziyolilariga qarshi qaratilgan Stalin qatagʻonlair davrida „burjua millatchiligida“ ayblanib, bir necha yil davomida taʼqibga uchragan. Xrushchovning liberallashtirish siyosati tufayli olim tadqiqotchilar guruhiga qaytishga erishadi va 1956-yilda ikkinchi marta doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi[1].
Basharinning keyingi faoliyati Yoqut davlat universitetining umumiy tarix kafedrasi bilan bogʻliq boʻlgan. Basharin butun hayoti davomida oʻqituvchilik va tadqiqotchlik faoliyatini muvaffaqiyatli birlashtirdi. 500 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop ishlar, shu jumladan 19 monografiya muallifi. Ularda tarixiy muammolar bilan bir qatorda adabiyotshunoslik, sanʼatshunoslik, folklor va etnografiyaning koʻplab masalalari qamrab olingan, tarixning ayrim falsafiy masalalariga ham toʻxtalib oʻtilgan.
Basharin boshchiligida respublika maktablari va oliy oʻquv yurtlari uchun Yoqutiston tarixi boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqilgan. Basharin oʻzining tarixchilar ilmiy maktabini yaratgan, 40 yil davomida YDUda tarix talabalari ilmiy toʻgaragiga rahbarlik qilgan[2], keyinchalik toʻgarak aʼzolaridan 60 nafari fan nomzodi va 4 nafari fan doktori boʻlishgan.
Mukofotlari va faxriy unvonlari
tahrir- Mehnat Qizil Bayroq ordeni;
- Hurmat belgisi ordeni;
- „1941—1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali;
- RSFSR Oliy Kengashi Prezidiumining faxriy yorligʻi;
- RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972);
- Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1962);
- Saxa respublikasi (Yoqutiston) A. E. Kulakovskiy nomidagi Davlat mukofotining birinchi laureati (1992);
- Churapchinsk ulusining faxriy fuqarosi[3].
Xotira
tahrir- Churapchinsk ulusining Silan oʻrta maktabiga Basharin nomi berilgan;
- 1992-yilda Saxa Respublikasi (Yoqutiston) Fanlar akademiyasining Gumanitar tadqiqotlar institutida professor G. P. Basharin nomidagi Yoqutiston fan tarixi muzeyi ochildi. Muzeyning ikkinchi zalida Basharinning kabineti qayta tiklangan[4];
- M. K. Ammosov nomidagi Shimoliy-sharqiy federal universitetining tarix fakulteti va pedagogika maktabining eng yaxshi talabalari uchun professor G. P. Basharin nomidagi stipendiya joriy qilingan;
- Yoqutisotn davlat universiteti va Shimoliy-sharqiy federal universitetining professorlar bogʻida yodgorlik-byusti oʻrnatilgan (2016)[5].
Oilasi
tahrir- Rafiqasi Platonova Kalisfena Ivanovna.
- Qizi Basharina Natalya Georgiyevna tarix fanlari nomzodi.
- Oʻgʻli Basharin Karl Georgiyevich (1942—2023) tibbiyot fanlari doktori, professor, M. K. Ammosov nomidagi Shimoliy-sharqiy federal universitetning kafedra mudiri.
Basharin haqidagi adabiyotlar
tahrirYoqut tilida
tahrir- Федосеев И. Е. Уhулуччулаах учуонай туhунан кинигэ // Саха Сирэ. — 1998. — Бэс ыйын 5 к. — С. 3.
- Атласов С. Сүдү учуонай, учуутал // Сахаада. — 1997. — Кулун тутар 20 к.
- Ковлеков С. Yйэтитэр иэстээхпит: [Г. П. Башарин науч. үлэлэрин сүрүн хайысхалара] // Саха Сирэ. — 1997. — Кулун тутар 22 к.
- Кустуров Д. Күүстээх санаа, уҕараабат дьулуур: Г. П. Башариҥҥа аналлаах ааҕыылартан бэлиэтээhин // Саха Сирэ. — 1998. — Муус устар 30 к.
- Кустуров Д. Уhулуччулаах киhибитигэр Г. П. Башариҥҥа: [мемор. дуоска туруорулунна] // Саха Сирэ. — 1998. — Муус устар 24 к.
- Платонова К. И. Фронтан суруктар: Г. П. Башарин архивыттан аҕыйах сурук // Саха Сирэ. — 1997. — Ыам ыйын 27 к.
- Тумат С. Г. П. Башариҥҥа аналлаах ааҕыылар: [Чурапчы улууhун Сылаҥ нэhилиэгэр] // Саха Сирэ. — 1999. — Муус устар 6 к.
- Федосеев И. Е. Г. П. Башариҥҥа кимнээх көмөлөспүттэрэй?: [Г. П. Башарин «Три якутских реалиста-просветителя» диэн монография күн сирин көрөрүгэр көмөлөспүт Г. С. Тарскай уонна И. Д. Винокуров (Чаҕылҕан) тустарынан] // Саха Сирэ. — 1997. — Муус устар 15 к.
- Федосеев И. Е. Уhулуччулаах учуонай, киhи көнөтө, чиэhинэйэ этэ // Чолбон. — 1997. — № 7. — С. 79—87.
- Ыарыыны кыайбыт профессор: [Г. П. Башарин сэллик ыарыытын утарыыта] / Бэлэмнээтэ П. Павлова // Саха Сирэ. — 1999. — Бэс ыйын 5 к.
Rus tilida
tahrir- Проблемы социально-экономической и общественно-политической истории Якутии: (Материалы науч.-практ. конф., посвящ. 80-летию Г. П. Башарина). — Якутск: Изд-во Якут. гос. ун-та, 1993. — 168 с.
- Борисов И. Человек удивительной стойкости и духовной силы // Аргументы и факты на Севере. — 1998. — № 18 (июнь).
- Иванов В. Феномен Башарина // Якутия. — 1997. — 25 марта.
- Платонова-Башарина К. И. «… Живу в счастливом мытарстве столпившихся изданий»: [И. В. Пухов и Г. П. Башарин] // Пухов Иннокентий Васильевич. — Якутск, 1999. — С. 57—66.
- Платонова-Башарина К. И. И. М. Романов и Г. П. Башарин // Человек редкого дарования и жизнелюбия. — Якутск, 1999. — С. 19—26.
- Софронова Г. Забытая страница: [зима 1951—1952 гг. в жизни Г. П. Башарина] // Якутия. — 2000. — 11 нояб.
- Спиридонов Г. Он познал прекрасное чувство победы: [Установление мемор. доски Г. П. Башарину] // Якутия. — 1998. — 24 апр.</nowiki. * <nowiki>Башарин Георгий Прокопьевич // Энциклопедия Якутия. — М., 2000. — Т. 1. — С. 298—299.
- Профессор Георгий Прокопьевич Башарин: Биобиблиогр. указ. / Якут. гос. ун-т им. М. К. Аммосова; Сост.: М. И. Габышева, К. И. Платонова, Л. Е. Слепцова. — Якутск: Изд-во Якут. гос. ун-та, 1995. — 106 с.
- Заслуженный деятель науки Якутской АССР, профессор Г. П. Башарин: Биобиблиогр. указ. / Якут. респ. б-ка им. А. С. Пушкина; Сост. В. Ф. Афанасьев. — Якутск: Кн. изд-во, 1967. — 28 с.
- 85 лет со дня рождения Г. П. Башарина // Якутия—1997: Календарь знаменат. и памят. дат. — Якутск, 1997. — С. 46—47.
- Г. П. Башарин: (80 лет со дня рождения) // Якутия-1992: Календарь знаменат. и памят. дат. — Якутск, 1992. — С. 38—41.
- 75 лет со дня рождения Г. П. Башарина // Якутия—1987: Крат. список лит. к знаменат. и памят. датам республики. — Якутск, 1988. — С. 40—41.
- Платонова К. И., Атласов С. В. (сост.). Человек удивительной стойкости и духовной силы: Сборник воспоминаний. — Якутск: Изд-во Якутского госуниверситета, 1997. — 240 с.
- Профессор Башарин: переписка с историками (1943-1989 гг.). Сост. В. Г. Бухерт. Изд. 2-е. Якутск, 2022.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Башарин Георгий Прокопьевич“. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Башарин Георгий Прокопьевич“. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
- ↑ „Почётные граждане Чурапчинского улуса“. 2014-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-mart.
- ↑ „О музее“. Музей истории академической истории Якутии имени Г. П. Башарина. Qaraldi: 2014-yil 11-mart.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Министерство образования и науки России. „В СВФУ открыли памятник-бюст первому якутскому профессору Георгию Башарину“. www.s-vfu.ru. 2017-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-aprel.