Georgiy Konstantinovich Borisenko' ( 1922-yil 25-may, Chuguev — 2012-yil 3-dekabr, Toshkent ) — sovet shaxmatchisi va nazariyotchisi, SSSR sport ustasi (1950), ICCF (ingl. ICCF — International Correspondence Chess Federation — Sirtqi shaxmat o‘yinlari bo‘yicha xalqaro federasiya) grossmeysteri (1965). Gruziya va SSSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy. SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi.

Georgiy Konstantinovich Borisenko
Георгий Константинович Борисенко
Tugʻilgan sanasi: 25-may 1922-yil
Tugʻilgan joyi: Chuguev, Xarkov guberniyasi, Ukraina SSR
Vafot sanasi: 3-dekabr 2012-yil(2012-12-03)
(90 yoshda)
Vafot joyi: Toshkent Oʻzbekiston
Yashash joyi: Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Unvoni: SSSR sport ustasi (1950)
grossmeyster (1965)
xalqaro usta (1961)
Maksimal reytingi: 2817 (2016-yil oktabr)
Hozirgi reytingi : 2440 (may 1974)
Mukofotlari:

Biografiyasi tahrir

Georgiy Borisenko Xarkov guberniyasining Chuguyev shahrida tug‘iladi, oradan bir qancha vaqt o‘tgach, oilasi bilan Leningradga ko‘chib keladi. Uning shaxmatga bo‘lgan qiziqishi 1931-yilda pionerlar oromgohida ta’til paytida boshlanadi.

Shuningdek, u Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, urush paytida olgan ikkita jiddiy  jarohatga ega.  

Georgiy Borisenko 1965-yildan to umrining oxirigacha Toshkentda yashab o‘tadi.  

G.B.Borisenkoning ismi vafotidan keyin FIDE shon-sharaf zaliga yozilgan.

Oilasi tahrir

Rafiqasi — V.M.Borisenko (turmushidan avval Belova bo‘ladi, 1920—1993), grossmeyster, besh karra SSSR chempioni (1945, 1955, 1957, 1960 va 1962), Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (1949—1950-yillarda).  

Sport faoliyati tahrir

Yuzma-yuz shaxmat tahrir

Sakkizta SSSR chempionati ishtirokchisi (1950—1967-yillarda).  

1953-yilda Leningrad chempionatining bronza medali sovrindori.

1961-yilda RSFSR chempionatining kumush medali sovrindori.

1966, 1968 va 1971-yillarda O‘zbekiston SSR chempioni.

1953-yilda Lokomotiv KSJ(Ko‘ngillilar sport jamiyati) chempioni.

1953-yilda Leningrad jamoasi tarkibida SSSR jamoaviy birinchiligi g'olibi. 1962-yilda RSFSR jamoasi tarkibida SSSR jamoaviy chempionati kumush medali sovrindori.  

1997—1998-yillarda faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.  

Sirtqi shaxmat tahrir

1950—1960-yillarda u sirtqi musobaqalarda katta muvaffaqiyatlarga erishadi.  

Ikki karra SSSR chempioni: 1955—1957-yillarda (P.V.Dubinin va 1960—1962-yillarda Ya.B.Estrinlar bilan).

4-jahon chempionatining kumush medali sovrindori (1962—1965-yillarda).  

SSSR terma jamoasi tarkibida ikkita sirtqi olimpiada g‘olibi (1958—1961 va 1961—1964-yillarda) [1] .

Murabbiylik faoliyati tahrir

G.K.Borisenko turli yillar davomida jahon chempioni Nona Gaprindashvili, uning rafiqasi Valentina Belova-Borisenko, grossmeysterlar Semyon Furman, Viktor Korchnoy, Mark Taymanov, Lev Polugaevskiy va boshqa mashhur shaxmatchilarga murabbiylik qiladi.

Mukofotlari tahrir

Georgiy Borisenko mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga qo‘shgan hissasi uchun — “Shuhrat” medali ( 2003-yil 22-avgust) bilan taqdirlanadi .

Manbalar tahrir

  1. Гродзенский С. Я., Романов И. З. Ход в конверте. — М.: ФиС, 1982. — С. 136.

Adabiyot tahrir

  • Шахматный словарь / гл. ред. Л. Я. Абрамов; сост. Г. М. Гейлер. — М.: Физкультура и спорт, 1964. — С. 205. — 120 000 экз.
  • Шахматы: энциклопедический словарь / гл. ред. А. Е. Карпов. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — С. 43. — 621 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-85270-005-3.
  • Гродзенский, С. Я. „Борисенко Георгий Константинович“,. Энциклопедия заочных шахмат. М.: Проспект, 2018 — 55—56 bet. ISBN 978-5-392-26087-4. 
  • Бегматов Д. В гостях у шахматной легенды // 64 — Шахматное обозрение. 2012. № 5. С. 64—68.

Havolalar tahrir