Georgiy Mustafin
Georgiy Arkadyevich Mustafin (1938-yil 24-sentabr, Xarbin yaqinida, Xitoy Respublikasi — 2015-yil 25-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek teatr aktyori va postonovkachi-rejissyori, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1979-yil).
Georgiy Arkadyevich Mustafin | |
---|---|
Tugʻilgan sanasi | 1938-yil 24-sentabr |
Tugʻilgan joyi | Xitoy Respublikasining Xarbin shahri yaqinida |
Vafot sanasi | 2015-yil 25-iyul (76 yosh) |
Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | Rejissyor |
Teatr | Oʻzbekiston yoshlar teatri |
Mukofotlari |
|
Biografiyasi
tahrirZiyoli oilada tugʻilgan, ota-onasi koʻmir konlarida ishlashga majbur boʻlgan. 1953-yilda oilaga Sovet Ittifoqiga qaytishga ruxsat berilgan.
Oʻrta maktabni tugatgach, u qatagʻonga uchragan aktyorlar orasidan tuzilgan Krasnoyarsk oʻlkasining Kansk drama teatriga keladi va u besh yil davomida sahnada oʻynadi. Keyin Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1968-yildan — Toshkent rus yoshlar teatrida (Oʻzbekiston yoshlar teatri) ishlagan.
Rejissyor sifatida yetmishdan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan. Ular orasida: „Oldinga qarovchi“, „Malaxovni toʻxtating“, „RVS“, „Taʼqib“, „Barabanchi“, „Kalif-Laylak“, „Qor malikasi“, „Qizil gul“, „Etik kiygan mushuk“, „Uch choʻchqa bolalari“, „Teremok“, „Funtikning sarguzashtlari“, „Zolushka“, „Dyuymacha“ va boshqalar. „Tungi ertak“ spektakli Polsha dramaturgiyasi festivalining Diplom va 1-mukofoti bilan taqdirlangan. Yana bir spektakl — „Toʻrt egizak“ Bolgar dramaturgiya festivalida yuqori baholangan.
Koʻp yillarini kam taʼminlangan oʻsmirlar bilan ishlashga bagʻishlagan. Zangiota shahridagi axloq tuzatish koloniyasida „Yalangʻoch podshoh“, „Revizor“, „Fahrlanaman“ spektakllarini qoʻygan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar jamgʻarmasi boshqaruvi aʼzosi, Mehribonlik uylari bitiruvchilarini internatdan keyingi moslashtirish loyihasi rahbari boʻlgan.
Mukofotlari va unvonlari
tahrirPushkin medali (2010-yil 24-dekabr, Rossiya) — chet elda rus madaniyatini saqlash va ommalashtirishga qoʻshgan katta hissasi uchun[1].
Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1979-yil).
Oʻzbekiston SSR xalq taʼlimi aʼlochisi (1988-yil).
Chet eldagi vatandoshlar ishlari boʻyicha hukumat komissiyasining Faxriy diplomi (2009-yil)[2].
Eslatmalar
tahrir- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 24 декабря 2010 года № 1604 «О награждении медалью Пушкина Мустафина Г.А. и Шереметьевой А.Г.»“. 2018-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.
- ↑ SPISOK SOOTYeChYeSTVYeNNIKOV, NAGRAJDYeNNIX POChYoTNOY GRAMOTOY PRAVITYeLSTVYeNNOY KOMISSII PO DYeLAM SOOTYeChYeSTVYeNNIKOV ZA RUBYeJOM V 2009 GODU
Manbalar
tahrir- http://mtu.uz/ru/g-mustafin.html (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- http://mtu.uz/ru/51-novosti/495-v-pamyati-navsegda.html (Wayback Machine saytida 2022-12-05 sanasida arxivlangan)