Sarkisyani

(Georgiy Pavlovichdan yoʻnaltirildi)

Sarkisyani, Georgiy Pavlovich -(1925.4.8 Toshkent 1999.17.6) huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), yuridik fanlari doktori (1967), professor (1969). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1947). Prokuratura (1947 — 51) va adliya (1959—61) sohalarida ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim (1961—70), Toshkent Davlat Universiteti jinoyat protsessi kafedrasi mudiri (1970—99). S. sudlar, prokuratura toʻgʻrisidagi qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi JPKni tayyorlashda ishtirok etgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil