Georgiy Mixaylovich Polejayev (1900-yil 9-dekabr, Kirsanov, Tambov viloyati, Rossiya imperiyasi1986-yil, Perm, SSSR) – ukrain va sovet teatr arbobi, teatr va kino aktyori, rejissyor, oʻqituvchi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1937). Ukraina SSR xalq artisti (1943)[1].

Georgiy Mixaylovich Polejayev
Tavalludi 9-dekabr 1900-yil
Vafoti 1986-yil
RSFSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiSSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi aktyor

Hayoti tahrir

Georgiy Mixaylovich Polejayev 1900-yil 9-dekabrda Rossiya imperiyasining Tambov viloyatida tugʻilgan[2].

19211925-yillarda teatr texnikumida va Moskvadagi oliy rejissyorlik kurslarida taʼlim olgan.

U Moskva Maly teatri sahnasida rollar oʻynagan. Georgiy Mixaylovich Polejayev 1927—1931-yillarda Ukrainaning Dnepropetrovsk, Xarkov, Makeyevka, Voroshilovgrad teatrlarida mehnat faoliyatini olib borgan. U 1931–1936-yillarda Qizil mash’al (Novosibirsk) teatrining aktyori va rejissyori boʻlgan.

19361937-yillarda Dnepropetrovsk musiqa va drama teatrida konsertlar bergan. 1937-yildan Kiyev Qizil Armiyasi KOVO teatri (hozirgi Lvovdagi Gʻarbiy Operativ Qoʻmondonligining drama teatri) aktyori, 19441948-yillarda Markaziy teatrning aktyori va direktori (Moskva) bo'lgan. Georgiy Polejayev 1950–1954-yillarda Grozniy rus teatrining bosh rejissyori boʻlgan. 19561958-yillarda Turkiston harbiy okrugi teatrida, 1958–1960-yillarda Shimoliy kuchlar guruhi teatrida ishlagan.

Georgiy Polejayev teatr va oʻqituvchilik faoliyatidan tashqari, filmlarda ham rol oʻynagan.

19371941-yillarda Kiyev teatr institutining aktyorlik kursiga rahbarlik qilgan. 1955–1958-yillarda esa Toshkent teatr institutida dars bergan[3]. 1943-yilda Ukraina SSR xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan.

1962-yildan Sverdlovsk teatr maktabining badiiy rahbari va oʻqituvchisi boʻlgan.

Georgiy Mixaylovich Polejayev 1986-yilda Permda vafot etgan.

Teatrdagi rollari tahrir

  • Saten („Quyi chuqurlikda“ M.Gorkiy) (rus tilida: На дне),
  • Polejayev („Betoqat qarilik“, L.Raxmanov) (rus tilida: Беспокойная старость),
  • Korchagin („Poʻlat qanday qattiqlashgan“, N.Ostrovskiy) (rus tilida: Как закалялась сталь),
  • Suvorov („Komandir Suvorov“, Baxterev) (rus tilida: Полководец Суворов).

Filmlardagi rollari tahrir

  • 1939-yil – Shchors (filmi) – Petlyura.
  • 1968-yil – Ural togʻlari haqidagi ertaklar (hujjatli film) – epizod.

Adabiyotlar tahrir

  • Митці України. Енциклопедичний довідник (за редакцією А. В. Кудрицького). — К.: УЕ ім. М. П. Бажана, 1992. — с. 467(ukr.)

Manbalar tahrir