Gerdauen qal’asi
Gerdauen qal’asi — Tevtonik ritsarlar qal’asi. 1315-yilda qurilgan va zamonaviy Jeleznodorojniy qoʻrgʻonida joylashgan.
Tarixi
tahrirQal’aga tevtonik ritsarlar ordenidagi eng kichik maʼmuriy birlik — komturlik rahbari Yoxannes fon Vinnungen asos solgan. Qurilishga Königsberg komturi Geynrix fon Isenber[1] rahbarlik qilgan.
Qal’a 1325-yilda avliyo Peter va Pavlus kunida muqaddaslashtirilgan[2].
1347-yilda Olgerd qoʻshini qal’a darvozalariga yaqinlashgan, ammo uni bostirib kirishga jur’at eta olmagan.
1678-yildan beri qal’ada hech kim yashamagan. XIX asrda baron fon Rombergga sotilgan. Uning oʻgʻli eski binolarni buzib, qalʼadan qolgan yertoʻlalar poydevorlariga yangi qoʻrgʻon qurgan. Qal’a Alfred fon Yansenga sotilgandan soʻng, u 1945-yilgacha unda yashagan.
Ikkinchi Jahon urushi paytida mulkka biroz shikast yetgan, ammo XXI asr boshiga kelib, darvoza, gʻarbiy qanotning xarobalari va otxona bilan qayta qurilgan quduq saqlanib qolgan.
1947-yildan beri otxonada veterinariya klinikasi joylashgan. Qal’a binosining ostida aniqlangan yertoʻlalardan foydalanilmaydi.
Yigirmanchi asrning 70-yillari oxirida Gerdauen qoʻrgʻoni hududida A. P. Dovjenko nomidagi kinostudiyasining „Urushning uzoq millari“ filmi suratga olingan.
1990-yilda qal’a xarobalari tadbirkorlar oilasi tomonidan ijaraga olingan va restorani boʻlgan mehmonxonaga aylantirish rejalashtirgan. Biroq, 1991-yildagi moliyaviy inqiroz tufayli ish toʻxtab qolgan[3].
1999-yilda yertoʻlaning burchagi qulab tushgan. 2000-yilda esa veterinariya klinikasi devorining bir qismi qulab tushgan.
Kaliningrad viloyati hukumatining 2007-yil 23-martdagi qarori bilan qal’a mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy meros obyekti maqomini olgan[2].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Замок Гердауэн (Gerdauen) Калининградская область“. TravelKap. 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Замок Гердауэн“. Пруссия 39. 2017-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-mart.
- ↑ „Замок Гердауэн“. TravelKap. 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-mart.