German Gelmgols (1821-1894 yy.).

Tarjimai holi tahrir

Neokantchilik harakatining vujudga kelishida alohida o‘rin tutgan buyuk nemis fiziologi va fizigi German Gelmgols bo‘ldi. Biroq Gelmgolsning falsafaga qiziqishi katta edi. Tabiatshunos olim sifatida shug‘ullangan muammolari uning e’tiborini bilish nazariyasiga qaratdi. Bu hissiyotning fiziologik sohasidagi tajribaviy tadqiqotlar, geometrik aksiomalarning tabiati masalasi va noevklid geometriya fizikaning asoslari masalasi edi.

Falsafiy qarashlari tahrir

Kantning tanqidiy falsafasini u fiziologik talqin qildi. Ana shu tadqiqotlarda Gelmgols bizning tushunchalarimizning obyektlarga qanchalik mos tushishi masalasiga e’tiborini qaratdi. Lekin Gelmgolsning qarashlarida qarama-qarshiliklar mavjud edi. U bir tomondan, fikrning «aprior qonuni»ni tan oladi va, ikkinchi tomondan, makon va zamonning «transsendent realligi»ni tan oladi. Bizning hissiyotimiz mazmuni tashqi predmetlarning ta’siriga bog‘liq, boshqa tomondan, bu ta’sir faqat «belgilar» yoki «timsollar»dir. Bir vaqtning o‘zida u ham agnostitsizmni, ham materializmni rivojlantirdi. Agnostik sifatida u hissiyotni tashqi hodisalarning belgisi sifatida qaraydi va shu orqali nafaqat o‘xshashlikni, balki narsalar bilan bir xilligini ham inkor qiladi, Va shu yerning o‘zida materialist sifatida u tushunchalar tashqi predmetlarning bizning asab tizimimizga ta’siri natijasida vujudga keladi, deydi.Shunday qilib, Gelmgols g‘oyani borliqdan, ongni tabiatdan ajratib qo‘yadi, g‘oya va u aks ettirayotgan obyekt ikki har xil dunyoga tegishli, deydi. Kantga o‘xshab «hodisalar» bilan «narsa o‘zida»ni bir-biridan ajratib qo'yadi. Ana shu qarashni Gelmgols 1878-yilda o‘zining «Idrok faktlari» nomli rnashhur ma’ruzasida asoslaydi. Gelmgols ta’kidlashicha, bizning hissiyotimiz tashqi ta’sirning xususiyatlari haqida xabar beradi. Hissiyot esa belgi hisoblanadi, lekin tasvir emas. Tasvirdan ma’lum ma’noda predmet bilan o‘xshashlik talab qilinadi. Belgidan esa predmet bilan bunday o‘xshashlik talab qilinmaydi. Shunday qilib, Gelmgols predmet bilan uni his qiluvchi subyekt tasavvurining o‘xshashligi haqida gnoseologik masalani o‘rtaga tashladi va uni salbiy hal qildi. Uning bunday qarashining mohiyati shundaki, har bir predmetning o‘zgarishi hissiyotda ham o‘zgarishga olib keladi. Shunday qilib, Gelmgols Kantning tanqidiy falsafasini ayrim tomonlarini rivojlantirdi. Bilish nazariyasida esa tadqiqot, tajriba o'tkazish masalasida va matematik aksiomalarning tabiati haqidagi masalalar bo‘yicha o' zining mustaqil qarashlariga ega edi.

Adabiyotlar tahrir

G'arb falsafasi tarixi. Toshkent 2018