German Kogen (1842-1918 yy.)

Tarjimai holi

tahrir

Neokantchilikning Margburg maktabi asoschisi va rahbari. U Margburg shahri universitetida o‘qituvchilik faoliyatini boshlaganligi uchun ham bu maktab falsafiy adabiyotlarda shunday deb ataladi. U 1875-yil F.A.Lange vafotidan so‘ng falsafa kafedrasi mudiri lavozimini egallaydi. 1912-yilda Kogen istefoga chiqadi, Berlinga keladi va umrining oxirigacha shu yerda yashaydi. Margburg maktab vakillari Kogen va uning izdoshlari Kantning bilish nazariyasidagi ayrim g‘oyalardan yangi falsafiy tizimning asoslarini yaratishga harakat qildilar.

Asarlari

tahrir

Kogen о‘zining ilmiy faoliyatini Kantning asosiy risolalarini talqin qilishdan boshlaydi. 1871 -yilda «Kantning tajriba nazariyasi»; 1877-yilda «Kant axloqini asoslash»; 1883-yilda «Cheksiz zarralar tamoyili»; 1889-yilda «Kant estetikasini asoslash»; 1904-yilda «Immanuil Kant»; 1907-yilda «Sof aqlni tanqidiga sharhlar» asarlarini chop ettirdi.Kogen faoliyatining ikkinchi davri uning shaxsiy falsafiy ta’limotini yaratish bilan bog‘liq. Aynan ana shu ta’limot neokantchilikning Margburg maktabi falsafasini tashkil qiladi. Shu davrda yaratilgan asarlarida Kogenga nafaqat Kant, Maymon va Fixtening ta’siri* balki Gegelning ham ta’siri sezilib turadi. «Sof bilish mantig‘i» (1902), «Sof hissiyot estetikasi» (1912) kabi asarlarda Kogen qarashlari kantchilarning qarashlaridan ko‘p jihatdan farq qiladi.

Falsafiy taʼlimoti

tahrir

Kant falsafasini oʻrganar ekan, Kogen undagi dualizmni olib tashlashga harakat qildi. Shu bilan bir qatorda, Kogen Kantning bilish jarayonida hissiyotning ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlarini ham olib tashlaydi. Idealizm mantiqiylik nuqtayi nazaridan gnoseologik taʼlimot sifatida talqin qilinadi. Bunday talqinni Kogen matematika va tabiatshunoslikni „transsendental“ asoslash deb ataydi. Kogen fikricha, falsafa ongning borliqqa munosabati masalasidan emas, balki matematika, tabiiyotshunoslik, axloq kabi fanlarning tushunchalarini mantiqiy asoslash masalasidan kelib chiqishi zarur. Shuning uchun ham falsafaning birinchi va asosiy fani bu mantiqdir, aniqrogʻi „sof bilishning mantig‘idir“. Uning maqsadi „falsafiy tizimni asoslashdan iboratdir“. Falsafa nafaqat uslubiy jihatdan ilmiy boʻlishi kerak, balki predmeti jihatidan fan falsafasi bo‘ lishi kerak. Kogen falsafiy taʼlimotida Kantning hissiy bilish to‘g‘risidagi fikrlari butunlay o‘zgartirildi. Kant uchun makon va zamon hissiyot shakllari edi. Kogen uchun esa bunday bo‘lishi mumkin. Kogen idealizmi bilish nazariyasidan tashqari, tajribani va borliqni ham o‘z ichiga oladi. „Ong — transsendental nuqtayi nazardan o‘ylanadigan qonunning birinchi shakligina emas, balki uslublar yig‘indisi hamdir, jumladan, ilmiy tajriba va uning mazmuni hamdir“.Cheksiz bilish jarayonida va borliqni yaratilishida Kogenning ideali — bu matematik bilishdir. Yangi tabiatshunoslik — matematik tabiatshunoslikdir va bu jarayon Kant davridan boshlangan edi. Kogenda matematika fanlarning ideali ekanligi alohida maʼno kasb etadi.

Matematik taʼlimoti

tahrir

Kogen matematika haqidagi ta’limotida markaziy o'rinni cheksiz zarrachalar to‘g‘risidagi tushunchalar egallaydi. Matematikaning asosiy uslubi esa cheksiz zarrachalarni hisoblash uslubidir. Mavjud narsaning ibtidosi hissiy qabul qilinadigan narsa bo‘lmasdan, balki fikriy ekanligi dalilini Kogen matematikadagi cheksiz kichik son tushunchasida ko‘radi. Mavjud narsaning asliy asoslarni (atomlar, raolekulalar, efir, elektr energiyasi, magnetizm va hokazo) hissiy qabul qilinmaydigan narsalar tashkil etadi va fizika ularni cheksiz kichik sonlar vositasida tushuntiradi. Cheksiz kichik son orqali ashyo o‘ziga voqelikni kasb etadi. Kogenning cheksiz kichik son haqidagi ta’limoti pifagorchilik g‘oyalariga asoslangan edi.

Adabiyotlar

tahrir

Gʻarb falsafasi tarixi. Toshkent 2018