Germaniya — Ummon munosabatlari
Germaniya — Ummon munosabatlari Germaniya va Ummon oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi.
Tarixi
tahrir2011-yil dekabr oyida Germaniya Federal Prezidenti Kristian Vulf Ummonga davlat tashrifi bilan keldi. 2014-yil may oyida Berlinda ikki davlat diplomatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 2016-yil mart oyida Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer Ummon poytaxti Maskatga tashrif buyurdi. 2017-yil oktabr oyida Ummon tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy Berlinda nemis hamkasbi bilan siyosiy muzokaralar o‘tkazdi. 2017-yil oktyabr oyida Bundestag prezidenti Norbert Lammert Maskatda Germaniyaning yangi elchixonasini ochdi[1].
Savdo
tahrirGermaniya Ummonning noneft sektoridagi asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2017-yilda Germaniyaning Ummonga eksporti 916,5 million yevroni tashkil etdi. Germaniyaning Ummonga transport vositalari va ehtiyot qismlari, farmatsevtika mahsulotlari, plastmassalar, sanoat kimyoviy moddalari va mashinalar eksport qiladi. Germaniyaning Ummondan importi 2017-yilda 38,8 million yevroni tashkil qildi. Germaniya Ummon neft va gazining bevosita xaridori emas[1].
2010-yil 4-aprelda „Investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida“gi ikki tomonlama bitim kuchga kirdi. 2012-yilning 15-avgustida tomonlar Ummon va Germaniya o‘rtasida ikki tomonlama soliq to‘lash to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar, biroq hozircha u Berlin tomonidan ratifikatsiya qilinmagan. 2016-yilda Germaniyaning Ummonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritgan jami sarmoyasi 221 million yevroga baholanmoqda. Ummonda nemis sayyohlari soni ortib bormoqda, ular Yevropa aholisi tomonidan bu mamlakatga tashrif buyurish boʻyicha Buyuk Britaniyadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.
Diplomatik missiyalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Oman - Federal Foreign Office“. 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
- ↑ „German Embassy Muscat - Federal Foreign Office“. 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
- ↑ „Botschaft des Oman in Berlin - oman-embassy.de“. 2019-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.