Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti
Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti (shuningdek, Sharqiy Germaniya fuqarolik pasporti) — sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi (odatda Sharqiy Germaniya deb ataladi) fuqarolariga xalqaro sayohat qilish uchun berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat. 1990-yil oktyabr oyida Germaniya qayta birlashganidan barcha Germaniya fuqarolariga Germaniya pasportlari berildi.
Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti | |
---|---|
Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti | |
Turi | pasport |
Kim tomonidan berilgan | Germaniya Demokratik Respublikasi |
Maqsad | shaxsni tasdiqlash |
Muvofiqligi | Germaniya Demokratik Respublikasi fuqaroligi |
Umumiy maʼlumotlar
tahrir1989-yilgi Washington Post xabariga koʻra, Sharqiy nemislarning atigi 25 foizi pasport egalari edi[1].
1957-yilda Sharqiy Germaniya pasporti qonuniga koʻra, Sharqiy Germaniya fuqarolari chet elga, shu jumladan Gʻarbiy Germaniya va Gʻarbiy Berlinga sayohat qilish uchun viza olishlari shart edi[2]. Sharqiy Germaniyadan tashqariga ruxsatsiz sayohat qilganlik uchun jazo qamoq edi[3].
Ular sayohatdan qaytganlaridan soʻng, pasportlar topshirilishi kerak edi.
Pasport turlari
tahrirPasportlarning kamida toʻrt turi mavjud edi: chet davlat, xizmat, standart va diplomatik[4][5]
Standart pasportlar ko‘k rangda bo‘lsa, chet davlat va xizmat pasportlari yashil rangning turli tuslarida bo‘lgan. Diplomatik pasportlar qizil rangda edi.
Tillar
tahrirSharqiy Germaniya pasportlarida nemis, fransuz, ingliz va rus tillaridagi matn mavjud edi. Biroq, 1988-yilda yoki shu yil atrofida qayta koʻrib chiqilgandan soʻng, ingliz tili pasportdan olib tashlangan.
Pasport yozuvi
tahrirSharqiy Germaniya pasportlarida quyidagi yozuv mavjud edi:
- Tashqi ishlar vazirligi mamlakat ichkarisida va xorijdagi barcha organlardan ushbu pasport egasiga erkin sayohat qilishiga ruxsat berishni hamda unga har qanday yordam berliishini va himoya qilinishini soʻraydi.
1989-yil oxiridan mamlakatning 1990-yil oktyabrida qulashigacha chiqarilgan versiyalarda eslatma yoʻq.
Qayta birlashgandan keyin
tahrir1990-yil oktyabr oyida qayta birlashgandan soʻng, Birlashish shartnomasi Sharqiy Germaniya pasportlari 1995-yil 31-dekabrgacha amalda boʻlishini koʻrsatdi[6]. Ushbu sanadan keyin Sharqiy Germaniya pasportlari identifikatsiya qilish uchun yaroqsiz boʻlib, fuqarolar nemis pasportlaridan foydalanishlari kerak edi.
Manbalar
tahrir- ↑ McCartney, Robert J.. „East Germany Opens Berlin Wall And Borders, Allowing Citizens To Travel Freely To The West“. The Washington Post (1989-yil 10-noyabr).
- ↑ The Routledge Handbook of the Cold War Kalinovsky: . Routledge, 2014. ISBN 978-1-315-88228-4.
- ↑ „Aftermath 1949 -- 1959“. Harry S. Truman Presidential Library & Museum. — „1957: Yangi pasport qonuni Sharqiy Germaniya chegaralaridan tashqariga ruxsatsiz sayohat qilgan har bir kishi uchun uch yillik qamoq jazosini nazarda tutadi...“. 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ „East German Passport Types“. Passport-collector.com (2011-yil 20-avgust).
- ↑ „The Passport of the German Democratic Republic (GDR)“. Passport-collector.com. 2018-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ „Paßgesetz der Deutschen Demokratischen Republik“ (de). — „Einigungsvertrag vom 31. August 1990 (BGBl. II S. 889) mit der Maßgabe, dass die ausgestellten Pässe bis spätestens zum 31. Dezember 1995 in Geltung bleiben“. 2005-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |