Germaniyaning davlat chegarasi
Germaniyaning davlat chegarasi toʻqqizta federal okrugdan oʻtadi va 3621 kilometrga choʻziladi. Eng katta chegaradosh mamlakati — Avstriya hisoblanadi.
Umumiy uzunlik
tahrirGermaniya davlat chegarasining umumiy uzunligi 3621 kilometrni tashkil etadi va Germaniya davlati 9 davlat bilan chegaradosh, Shimoli gʻarbdan Belgiya, Niderlandiya, gʻarbdan Lyuksemburg, Fransiya, janubdan Shveysariya, Avstriya, sharqdan Polsha, Chexiya va shimoldan esa Daniya bilan chegaradosh[1]:
Belgiya — 167 km
Daniya — 68 km
Fransiya — 451 km
Lyuksemburg — 138 km
Niderlandiya — 577 km
Avstriya — 784 km (Germaniya bilan eng uzun chegaraga ega davlat)
Polsha — 456 km
Shveysariya — 334 km
Chexiya — 646 km
Chegara shaharlari
tahrirGermaniyaning bir nechta shaharlari toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshni davlatlar bilan chegarada joylashgan vva ularning koʻpchiligini geografik obyektlar (suv, kanal, daryo. koʻl, togʻ tizmasi, oʻrmon) va avtomagistral yoʻllar bilan ajratilib turadi, ayrim hududlarini esa hatto bitta koʻcha boshqa davlatdan ajratib turadi:
Gerzogenrat Gollandiyaning Kerkrade shahri bilan bir koʻchada joylashgan.
Gorlitzni Polsha Zgorzelekdan daryo ajratib turadi.
Bayerisch Eyzenshteyn bevosita Chexiya bilan chegaradosh.
Konstanz toʻgʻridan-toʻgʻri Shveysariya Kreuzlingenga ulanib ketgan.
Kehlni fransuz Strasburgidan daryo ajratib turadi.
Flensburg Daniya bilan chegarada joylashgan.
Saarbryukken Fransiya bilan chegaradosh hududda joylashgan.
Passau Avstriya bilan chegarada joylashgan shahar hisoblanadi.
Germaniya eksklavlari
tahrirKoʻpgina Yevropa mamlakatlari kabi Germaniya Federativ Respublikasida ham esklav hududlari mavjud:
Büsingen am Hochrhein — Shveysariyadagi eksklav hudud hisoblanadi[2]. Ruisxof, Myutsenix , Roetgener Vald va Myunsterbildchen Belgiya hududi bilan oʻralgan, Germaniya ekslav hududi hisoblanadi.
Shuningdek
tahrir- Berlin devori
- Oder-Neisse chegarasi
Manbalar
tahrir- ↑ [geografiya.uz „Germaniya“] (2015-yil 7-aprel). 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktyabr.
- ↑ [new.geomedia.uz „Dunyo siyosiy xaritasidagi eksklav va anklav hududlar geografiyasi“]. 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan.