Geya gipotezasi
Tarixi
tahrirGeya gipotezasini 1960 - yillarda ingliz olimi, atmosferik kimyogar Jeyms Lavlok (Jeyms Lovelock) tomonida ishlab chiqilgan boʻlib, u bu nazariyani biolog Linn Margulis bilan hamkorlikda ishlab chiqqan. unga koʻra, Yer sayyorasi oʻzini-oʻzi idora qila oladigan yirik tirik organizm deb qaraladi. Lekin, buni toʻgʻridan-toʻgʻri shu maʻnoda tushunmaslik kerak. Geya gipotezasi ilk bor Buyuk Britaniyada ilgari surilgan.
Nomining kelib chiqishi
tahrirBu nazariya qadimgi yunon mifologiyasidagi yer ma’budasi Geya (Gaia) nomi bilan atalgan. Gaia mifologik talqinda yer va barcha tirik mavjudotlarning onasi sifatida tasvirlangan.
Gipotezaning mazmuni
tahrirLavlokning fikriga ko‘ra, Yerning atmosfera tarkibi, dengizdagi sho‘rlik darajasi va iqlim tizimlari birgalikda hayotni saqlab qolish uchun muvozanatlashgan. Ya’ni, tirik organizmlar va ularni o‘rab turgan muhit birgalikda Yerning umumiy ekologik barqarorligini ta’minlaydi. Geya gipotezasiga koʻra, ushbu murakkab oʻzaro uzviylik Yerda hayotning barqaror rivojlanishi uchun zarur sharoitlar avvaldan mavjud boʻlganligini va bundan keyin ham muntazam boʻlishiga zamin yaratadi. Fanda „gomeostaz“ deb nomlanuvchi ushbu barqarorlik hollari tirik organizmlarning oʻzi uchun ham xos boʻlib, ular ham oʻz ichki biofiziologik jarayonlarini boshqarish orqali, „geya“ statusini saqlab turishlari mumkin. Oʻz gipotezasi himoyasi uchun ular keltiradigan asosiy isbot shundan iboratki, go‘yoki, Yerda mo‘tadil haroratning juda ko‘p ming yillardan beri barqaror saqlanayotgani aynan shuning dalili ekan. (Yaʻni, ular Yer tirik organizm o‘laroq, o‘z-o‘zidagi geobiologik va biofiziologik jarayonlarni boshqara oladi va haroratni mo‘tadil saqlanishi ham shundan deb ishonishadi). Shuningdek, bunga qo‘shimcha qilib, ular ko‘p sonli buzg‘unchi omillarga qaramasdan, dunyo okeani suvining sho‘rligi ham, atmosfera tarkibi ham doimiy bir xil saqlanayotgani, bu esa, aynan sayyoraning o‘z-o‘zini boshqarishidan darak ekanini ko‘rsatishadi.
Tanqidlar
tahrirLavlokning ushbu Geya gipotezasi juda bahsli bo'lgan, ayniqsa biolog olimlar tomonidan keskin va ayovsiz tanqid qilinadi. Ba’zi olimlar uni ilmiy jihatdan sinab bo‘lmaydigan nazariya deb hisoblagan. Chunki Geya gipotezasi murakkablikni va birgalikda ishlashni haddan tashqari soddalashtiradi. Shunga qaramay, gipoteza ekologiya, biologiya va yer fanlaridagi yangi tadqiqotlarga ilhom berdi va atrof-muhitni muvozanatini tushunish uchun yangi qirralarni ochdi. Sayyorada tiriklikning barqaror mavjud bo‘lib turishida avvalo tirik organizmlarning o‘zi eng katta ahamiyat kasb etishi borasidagi g‘oyalar ham tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Lavlokning Margarita olami
tahrirLavlokning „Margarita olami“ nomli matematik model barpo qilgan. Uning asosida, Lavlok va uning tarafdorlari aytishicha, yerdagi tirik organizmlar uygʻunligi natijasida, sayyora bilan teskari aloqa mexanizmi shakllanar emish. Margarita olamida „ qora “(yorug'likni yutuvchi) va „oq “ (yoruglikni akslantiruvchi) margaritkalar yashaydi. Oq margaritkalar issiqlikni yutadi; lekin, ular issiqlikni kosmosga qaytarib akslantiradi. Shuning uchun margarita olami soviydi va qora margaritkalar uchun qulay sharoit yuzaga keladi Ushbu ikki tur margaritkalar tomonidan Quyosh nurlari energiyasidan turlicha oʻzlashtirishlar natijasida, ular orasida raqobat yuzaga keladi. Va bu raqobat populyatsiya balansida oʻz taʼsirini ko'rsatgan. Moʻtadil harorat barqaror boʻlishi uchun ular yaʼni margaritkalar muayyan oʻsish templariga rioya qilishga majbur boʻlishadi.
Qoʻshimcha kitoblar
tahrir- Geya: Yerdagi hayotga yangicha qarash (Gaia: A New Look at Life on Earth) - James Lavlok. (1979). Oxford University Press.
- Geya davrlari: Bizning tirik Yerimizning biografiyasi (The Ages of Gaia: A Biography of Our Living Earth) - James Lavlok. (1988). Oxford University Press.
- Hamkorlikdagi sayyora: Evolutsiayaga yangicha qarash (Symbiotic Planet: A New Look at Evolution) - Lynn Margulis
- Tartibsizlikdagi Geya: Iqlim oʻzgarishi, biologik tanazzul va inqirozli davrdagi Yer tamoyillari (Gaia in Turmoil: Climate Change, Biodepletion, and Earth Ethics in an Age of Crisis) - Eileen Crist and H. Bruce Rinker
- Geyaning oʻzini himoya Qilishi: Yer nima uchun qaytmoqda – Va qanday qilib Insoniyatni qutqara olamiz (The Revenge of Gaia: Why the Earth is Fighting Back – and How We Can Still Save Humanity) - James Lavlok
Maqolalar
tahrirMargulis, L., & Lovelock, J.E. (1974). Yer Atmosferasining Biologik Modulyatsiyasi. Icarus, 21(4), 471–489.
Lovelock, J.E. (2006). Geyaning Qaytishi: Yerning Iqlim Inqirozi va Insoniyatning Taqdiri. Penguin Books.
Kirchner, J.W. (2002). Geya Gipotezasi: Fakt, Nazariya va Umidvor Fikrlar. Climatic Change, 52(4), 391-408.