Hor
(Ghordan yoʻnaltirildi)
Hor, Al-Hor, Ghor — Gʻarbiy Osiyodagi tektonik botiq. Isroil, Suriya va Iordaniya hududlarida. Shimolida Bakao grabeni bilan janubida al-Araba vodiysi oraligʻida joylashgan. Uzunligi (shim.dan janubga) 300 km ga yaqin, serbar joyi 25 km. Togʻlar (balandligi 1000–1400 m) bilan oʻralgan berk havza. H.da Iordan daryosi, Hulo, Tabariya koʻllari va Oʻlik dengiz (Yer yuzidagi eng past joy, —395 m) joylashgan. Iklimi quruq va issiq. Chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |