Djakomo della Porta (1532-1602) o‘zining ustozi Vinola bilan birgalikda Il-Djezu cherkovi qurilishida (1575-y.) ishtirok etadi. Cherkovning bosh fasad qismida juft plyastrlarni qo‘llash orqali tashqi ko‘rinishini ikki yarusga ajratadi. Yuqori ikkinchi yarus ikki yon tomonini valyutalar bilan chegaralab tepa tomonini fronton bilan yakunlaydi.

Hayoti va Ijodi

tahrir

Bundan tashqari, della Porta uchun boshqa me’morlarning ishini yakunlash vazifasi yuklatilgan. 1588-1590-yillarda Mikelanjeloning vafotidan so‘ng ustozi Vinola bilan birgalikda Avliyo Pyotr ibodatxonasining to‘xtab qolgan qurilish ishlarini davom ettiradi. Aynan Mikelanjelo loyihasi bo‘yicha ibodatxonaga eng katta gumbaz o‘rnatilishi lozim edi, me’mor vafotiga qadar yirik gumbazning baraban qismini o‘rnatishga ulgurgan edi. Ustozining ishini davom ettirish della Portaga nasib etdi va u bu ishning uddasidan chiqdi. Rim shahridagi eng yirik Avliyo Pyotr ibodatxonasining gumbazi me’mor della Porta tomonidan Mikelanjelo loyihasi asosida yanada yiriklashtirib, salobatli ko‘rinishda o‘rnatdi.

Aldobrand villasining loyihasi

tahrir

Della Porta tomonidan 1598-1603-yillarda Fraskatidagi Aldobrandini villasi loyihasini ishlab chiqdi. Inshoot bosh binosi tog‘ yonbag‘riga joylashtirilgan bo‘lib, asosiy kirish joyiga ikki tomondan yarim aylanali pandus orqali chiqiladi. Tashqi ko‘rinishdan mazkur bino uyg‘onish davri me’morchiligidagi inshootlarga o‘xshaydi. Villa tog‘ qiyaligida joylashgan bo‘lib, asosiy binoning baland qismi mustahkam poydevorga o‘rnatilgan, keng terassaning ikki yon tomonidan yarim aylanali pandus bilan yakunlangan. Binoga uchta radial yo‘lka orqali borish mumkin bo‘lib, nur shaklini eslatuvchi o‘rta markaziy kirish yo‘li, xuddi shu o‘q bo‘ylab yo‘naltirilgan yo‘lak villaning asosiy old zalidan o‘tib, villaning bosh binosi fasadi tog‘ yonbag‘ri va xiyobon bilan uyg‘un tarzda yo‘lak davom etishi rejalashtirilgan. Shunday qilib, butun ansamblning kompozitsion markazi sifatida villa binosi o‘ziga xos qurilish tizimiga ega bo‘lib, mutlaqo tabiiy ko‘rinish kasb etgan. Aldobrandini villasi bog‘i dekorativ haykallar va favvoralar, karriatidalar, jimjimador pilyastrlar va nishalar, antablement qismi turli vazalar bilan, relyef va balyustrada (naqshinkor panjara)lar bilan bezatilgan arim aylana shaklidagi sun’iy g‘or bilan yanada qiziqarli tarzda yakunlangan. Sun’iy g‘or ustidan kaskad shaklida sun’iy sharshara hosil qilingan va suv shiddat bilan pastga oqib turishini ta’minlagan.

•"Umumsan'at tarixi" Abdullayev Obidjon Oripovich Toshkent-2020