Gianni Versace (2-dekabr, 1946-yil — 15-iyun, 1997-yil) — liboslar va teatr liboslari boʻyicha yetuk italyan dizayneri. U XX asr oxirlaridagi eng isteʼdodli dizaynerlardan biri hisoblanadi.

Gianni mashhur Versace moda yorligʻining asoschisidir. Birinchi butik 1978-yilda Milanda, Via della Spiga da ochilgan va tezda mashhur boʻlib ketgan. Bugungi kunda Versace dunyoning xalqaro yetakchi Modalar uylaridan biridir.

BiografiyaTahrirlash

Dastlabki yillarTahrirlash

Gianni Versace Italiyaning Reggio di Calabria shahrida tugʻilgan va akasi Santo, singlisi Donatella, otasi va tikuvchi onasi — Francesca bilan oʻsib-ulgʻaygan. Uning opasi Tina 12 yoshida kassalikning notoʻgʻri davolanishi natijasida vafot etgan.

Gianni yoshligidan onasiga koʻylaklar tikishda kerakli qimmatbaho toshlarni topishda yordam bera boshlaydi. 25 yoshida Milanga modalar dizayneri boʻlib ishlash uchun yoʻl oladi.

Shahsiy hayotiTahrirlash

Gianni Versace 1982-yilda model Antonio D'Amico ni uchratadi. Juftlik oʻrtasida 11 yil davom etgan aloqalar tuziladi va bu Versacening bevaqt oʻlimiga qadar davom etadi. Bu vaqt oraligʻida Antonio Versace kompaniyasining sport yoʻnalishi boʻyicha dizayner boʻlib ishladi.

Versace hamkorini hayoti davomida oyiga 50 million lira ($26 000 atrofida) nafaqa bilan taʼminlagan va unga oʻzining Italiya va Qo'shma Shtatlar dagi uyida yashash huquqini berdi. Hozirda D’Amico oʻzining shahsiy companiyasini boshqarmoqda.

VafotiTahrirlash

1997 -yil, yoz faslining iyul tongida, Ocean Drive dan qaytayotgan Versace Miami Beach, Florida dagi uyi oldida otib ketilgan. U qotillikdan soʻng oʻz joniga qasd qilgan Andrew Cunanan tomonidan oʻldirilgan. Politsiyachilarning aytishicha, Andrew Cunanan oʻz joniga qasd qilishda aynan Versacening otib oʻldirgan quroldan foydalangan.[1]

Versace Italiyaga, Lake Comoga dafn etilgan.

1997 yil, sentabrda Versacening akasi Santo Versace Jorge Saud bilan birgalikda Versace holdingni yangi boshqaruvchilari etib eʼlon qilindi. Giannining singlisi Donatella Versace loyihaning boshi hisoblanar edi. Elton John oʻzining 1997-yildagi The Big Picture albomini Versacega bagʻishladi.

MukofotlariTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. „Cunanan: more questions than answers“. CNN (25-iyul 1997-yil). Qaraldi: 29-iyun 2007-yil.

HavolalarTahrirlash