Gibraltar
Gibraltar
Gibraltar (inglizcha:Gibraltar; arabcha: Jabal at-Toriq — Toriq tog‘i) — Buyuk Britaniyaning Pireney yarim oroli janubidagi mulki, qoyali yarim orol va qumli bo‘yinni egallaydi.
en:Template:GIB Maydoni:7 km2. Aholisi 58 ming kishi (2023). Neytral zona (kengligi 500 m) Gibraltarni Ispaniyaning Lalinea shahridan ajratib turadi. Gibraltar qadimda yunon va rimliklarga Kalpe nomi bilan maʼlum edi. 711-yil arab lashkarboshisi Toriq ibn Sayd qo‘shin bilan bo‘gozdan o‘tib, shu qoyaga istehkom qurgan. Gibraltarni 1309—1333 yillarda va 1462-yildan Ispaniya, 1704-yildan Angliya egalladi. Gibraltarni ingliz gubernatori boshqaradi. 1968-yilda Angliya bilan Ispaniya o‘rtasida Gibraltarni Ispaniyaga qaytarish to‘g‘risida muzokaralar bo‘lib o‘tgan, ammo har ikki tomon ham bir natijaga erishmagan. 1980-yilda bo‘lib o‘tgan qayta muzokaralar (1985-yildan kuchga kirdi) natijasida gibraltarliklar va ispanlar bir-birlarining hududlariga bemalol o‘ta olish huquqiga ega bo‘ldilar.
Tabiati Tahrirlash
Gibraltarning yer yuzasi ohaktoshlardan tuzilgan, karst togʻlari bor. Sharkiy va shimoliy yon bagʻri tik. Koʻplab turistlar keladi.
Sanoati Tahrirlash
Xoʻjaligi Buyuk Britaniyaning harbiy dengiz va havo bazalariga, chet el turistlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq. Yengil va oziq-ovqat sanoati va kema taʼmirlash korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilmaydi. Importining 1/4 oziq-ovqat mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Gibraltar ochiq port, kuniga 200 kema kiradi.[1]
Aeroport Tahrirlash
Gibraltar aeroporti dunyodagi eng xavfli qurilmalardan biridir. Birinchidan, unda bor yoʻgʻi bitta uchuv polosa mavjud. Uning uzunligi 1829 metrni tashkil etadi. Lekin, judayam tor va qisqa masofadan tashqari uning joylashuvi ham gʻalati, u shahar markazidan bor yoʻgʻi 500 metr uzoqlikda boʻlib, yakkayu yagona uchuv polosa asosiy avtomobil yoʻli bilan xam qarshi keladi.[2]
Yana q. Tahrirlash
Manbalar Tahrirlash
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Гибралтар аэропорти