Gideon de Viller (nemischa: ) nemis yozuvchisi Kerstin Girning „Timeless“ turkumli kitoblaridagi „Qimmatbaho toshlar trilogiyasi“ romanining bosh qahramonlaridan biri hisoblanadi.

Gideon de Viller
Jannis Niewöhner
Birinchi oʻyin Rubinrot
Rubinrot 2
Qaysi asarga asoslangan Kerstin Gir
Qaysi asardan adaptatsiya qilingan Jannis Niewöhner
Umumiy maʼlumotlar
Jinsi erkak
Qarindoshlari Nomsiz (otasi)
Mademoiselle Selina Bertelin (onasi)
Janob Bertelin (o'gay ota)
Pol de Viller (5 avlod amakisi)
Folk de Viller (5 avlod amakisi)
Rafael Bertelin (o'gay ukasi) va boshqalar.
Millati nemis

Umumiy maʼlumot tahrir

  • Nomi: Gideon de Villier
  • Qarindoshlari: Pol de Viller (beshinchi avlod amakisi), Folk de Viller (beshinchi avlod amakisi), Rafael Bertelin (qahramonning oʻgay ukasi)
  • Koʻzlari: zumrad yashil
  • Noodatiy qobiliyatlari: vaqt sayohatchisi genomiga ega 12-de Villerlar oilasi aʼzosi
  • Qimmatbaho tosh: olmos
  • Sevgilisi: Gvendolin Sheferd
  • Oʻqish: Tibbiyot universiteti talabasi

Bolaligi tahrir

Gideon de Villier 1992-yilda Angliyada tugʻilgan. Uning ota-onasi, xususan, otasi haqida koʻp narsa maʼlum emas. Gideon otasining oʻlganini aytgan, lekin u haqida boshqa hech narsa aytmagan. Gideonning yagona ukasi Rafaeldir, Gideondan ikki yosh kichik.

Gideonga Isroil jang sanʼati texnikasi Krav Maga oʻrgatilgani ham serial davomida maʼlum boʻladi.

Undan tashqari mashgʻulotlar vaqtida u ayol avlodidan boʻlgan vaqt sayohati gen tashuvchisi deb hisoblangan Sharlotta Montrouz bilan tanishdi. Sharlotta Gideon bilan birga hamma narsani oʻrgan edi va yillar davomida ular doʻstona munosabatda boʻladilar.

Oʻn bir yoshida Gideon amakisi, Lojaning buyuk massoni Falk de Villierning oldiga koʻchib oʻtadi. Uning yangi turmush tarziga onasining janob Bertelinga turmushga chiqishi sabab boʻlgan. Gideonning oʻgay otasi fransuz boʻlganligi sababli, oila Fransiyaning janubidagi Antibga koʻchib oʻtadi va Gideonni oʻqishi sababli u yerni tark etishga majbur boʻladi.

Kitoblardagi rol tahrir

Yoqut kitobi tahrir

Gideon bolaligidanoq u oʻz oilasida erkak naslidan oʻtgan noyob vaqt sayohatchisi genini tashuvchi ekanligini bilar edi. Bolaligidan Sharlotta Montrouz bilan birga unga musiqa, odob-axloq qoidalari, Angliya tarixi, jang sanʼati va boshqa koʻp narsalarni oʻrgatiladi, bundan soʻng esa muhim vazifani bajarish — xronografda Qon doirasini toʻldirish uchun barcha vaqt sayohatchilarining qonini toʻplash uchun yana yoʻlga chiqadi. Taxminlarga koʻra, „Gideonning soʻzlariga hech qachon shubha qilmagan“ Sharlotta Montrouz va oʻtmishga sayohat qilishda sherigi boʻlgan Gvendolin bilan uchrashadi, uni ochiqchasiga yomon koʻrishini va tinglashni istamasligini aytadi. Gideon esa uni ahmoq qiz deb hisoblar edi, rok-guruhlarning gitaristlarini hayratda qoldiradigan koʻpchilikdan biri, ammo asar davomida unga nisbatan his-tuygʻulari paydo boʻladi. Gvendolin Sheferd uning partnyori hisoblanadi

Xarakter kritikasi tahrir

Justine jurnali nashri Gideonni qahramon sifatida „oʻzining zerikarli xulq-atvori bilan ajoyib“ deb ataydi[1]. Nyu-York Times gazetasining sharhi shuni koʻrsatadiki, yashil koʻzlar Gideonning yagona ajralib turadigan xususiyati ekanligini, chunki u koʻpincha oʻsmirlar adabiyot qahramoni sifatlariga ega ekanligini maʼlum qiladi[2]. Publishers Weekly sharhi ikkala asosiy qahramonni ham „yuqori darajali“ personajlar deb ataydi hamda ushbu qahramonlar trilogiyaning davomini kutishga majbur qilishi maʼlum qilishadi[3].

Iqtiboslari tahrir

  • Men haqiqatan ham shuni aytishni istaymanki, men seni oʻpganimda, men senga tegishni va nafaslarimiz bir butun boʻlib aralashishini his qilishdan boshqa narsani xohlamayman. Jin ursin, men seni shunchalar sevib qoldimki, ichimga bir banka benzin toʻkilib oʻt qoʻygandek boʻldi!
  • Bir daqiqa jim boʻla olasanmi? Men senga boʻlgan sevgimni tan olish uchun butun jasoratimni toʻplashim kerak. Menda bu borada mutlaqo tajriba yoʻq.
  •  — Tayyormisan? — Agar sen tayyor boʻlsang, men ham tayyorman.
  •  — U haqiqatan ham fikrlarni oʻqiy oladimi? — deb pichirladim. - Grafmi? Gideon pichirladi. — Umid qilamanki. Men shunchaki u oddiy odamga oʻxshaydi deb oʻyladim.
  • "Bu yerda pechenye va viski yashiringan boʻlsa kerak. Nima edi? Men seni spirtli ichimlik orqali itoatkor qila olaman. „Biz bu yerda qulflanganimiz sababli, biz yana boshqa narsalarni izlashimiz kerak.“ — Mayli, men pechenye va viski qidiraman.
  • „Sen gʻayrioddiy qizsan, Gvendolin“, deb pichirladi mening sochlarimni silab. „Sen juda va juda oʻzgachasan. Men uchun oʻzgacha boʻlishing uchun qargʻa sehrining ham keragi yoʻq. Sening lablaring mening lablarimga tekkanida men koʻzlarimni yumdim.“
  • Qanday ishlatishni bilmagan qurollar sizga qarshi burilish ehtimoli koʻproq.
  •  — Eng yomoni, sen men bilan bir xonada boʻlishing kerak va men allaqachon sendan boʻsa olmoqchiman. -Ha, bu juda yomon …

Manbalar tahrir

  1. „Ruby Red by Kerstin Gier“ (en). Justine Magazine. 2013-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-mart.
  2. „The Time Travel Gene“ (en). New York Times (2011-yil 12-may). 2013-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-mart.
  3. „Ruby Red“ (en). Publishers Weekly (2011-yil 3-iyul). 2013-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-mart.

Havolalar tahrir