Gidrometeorologiya xizmati aʼlochisi

„Gidrometeorologiya xizmati aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan — gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholini gidrometeorologik va iqlimiy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, gidrometeorologiya xizmati infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tizim faoliyatiga zamonaviy axborot hamda sunʼiy yoʻldosh texnologiyalarini joriy etish ishlariga katta hissa qoʻshgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi[1][2][3][4].

„Gidrometeorologiya xizmati a’lochisi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolarga
Taqdirlash asosi gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish iqtisodiyot tarmoqlari aholini gidrometeorologik va iqlimiy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirishda samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2021-yil 9-iyun.

Tavsifi

tahrir
  • „Gidrometeorologiya xizmati aʼlochisi“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,5 millimetr.
  • Koʻkrak nishonining old tomoni yuqori qismida aylana boʻylab balandligi 2 millimetr boʻlgan „GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI AʼLOCNISI“ soʻzlari yozilgan.
  • Koʻkrak nishonining markaziy qismida meteorologiya kuzatuvlari uchun asosiy uskuna boʻlgan avtomatik meteorologiya stansiyasi, uning oʻng tomonida baland togʻlar va uning ortidan chiqib kelayotgan quyosh hamda togʻlardan quyida gidrologiyani ramziy maʼnoda ifoda etuvchi uch qatorda toʻlqinsimon chiziqlar aks ettirilgan. Koʻkrak nishonining pastki chetlari boʻylab faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaprogʻi tasvirlangan. Dafna yaproqlarining ustida meteorologlarning shamol tezligi va yoʻnalishi boʻyicha maʼlumot beruvchi „shamol guli“ belgisi aks ettirilgan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomonida qavariq aylana markazida uch qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „GIDROMETEOROLOGIYA“, „SONASIDAGI SAMARALI“, „MENNATLARI UCNUN“ soʻzlari yozilgan. Barcha yozuvlar va tasvirlar zarhal rangda boʻlib, qavariqdir. Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
  • Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetr. Qadagʻich eni 22 millimetrli moviy rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan. Lentaning oʻrtasidan eni 0,5 millimetrli ikkita oq rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir