Giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasi bilan bog'liq jinoyatchilikning kriminologik tavsifi

Giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasi bilan bogʻliq jinoyatchilikning kriminologik tavsifi — aholining giyoxvandlik vositalari isteʼmol qilishga berilishi jismoniy, ruhiy va maʼnaviy tanazzulga uchrashiga; mamlakat iqtisodi, fuqarolar turmushi va mudofaa qobiliyatining tayanchi boʻlishi kerak boʻlgan odamlarning shaxsiy degradatsiyasiga; aholining nasl qoldirish qobiliyatiga va kelgusi avlodlarning salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatilishiga; jinoyatchilikning ommaviy negizlari yaratilishiga; viktimlik darajasi yuqori boʻlgan shaxslarning koʻpayishiga; qurolli kuchlarning jangovar qobiliyatiga putur etishiga; giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilishga moyil shaxslarni profilaktika qilish, davolash, ularga huquqiy taʼsir koʻrsatish va b. shunga oʻxshash tadbirlarga davlat va jamiyat tomonidan katta mablagʻlarning ajratilishiga olib keladi. Tadqiqotlar natijasida olingan maʼlumotlar va ekspertlarning baxolashlariga qaraganda, OʻzRda giyoxvandlik vositalarini surunkali isteʼmol qiluvchi shaxslar soni 200 ming kishini, giyohvandlik vositalarini sinab koʻrgan shaxslar soni esa, undan ham koʻproqni tashkil etadi. Vaholanki, sogʻliqni saqlash organlari tomonidan roʻyxatga olingan giyohvandlar soni atigi 30 ming kishini, tashkil qiladi. Bu mazkur hodisaning latentlik darajasi 6-7 baravar yuqori ekanligidan dalolat beradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi