Gleb Alekseyevich Vanag (1922-yil 26-aprel – 1991-yil 13-noyabr) Chkalov nomidagi Novosibirsk aviatsiya zavodi direktori. Sotsialistik Mehnat Qahramoni, SSSR Davlat mukofoti laureati.

Gleb Vanag
Tavalludi 26-aprel 1922-yil
Vafoti 13-noyabr 1991-yil
Novosibirsk
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Tarjimai holi tahrir

Gleb Vanag 1922-yil 26-aprelda Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. 1940-yilda 12-sonli maktabning 10-sinfini tamomlagan. Qozon aviatsiya instituti ustaxonalarida elektrik boʻlib ishlagan[1].

Gleb 1950-yilda Qozon aviatsiya institutini tamomlagan. 1950–1962-yillarda V. P. Chkalov nomidagi Novosibirsk aviatsiya zavodida katta muhandis, mexanik, qator boshligʻi, boshliq oʻrinbosari va parvoz-sinov stansiyasi boshligʻi boʻlib ishlagan. MiG-15, MiG-17, MiG-19, Su-9 reaktiv qiruvchilari samolyotlarini sinovdan oʻtkazishda ishtirok etdi.

1962–1963-yillarda Novosibirsk Elektragregat zavodi direktori lavozimida faoliyat olib borga. 1963–1964-yillarda-Gʻarbiy Sibir Sovnarxozining agregat qurilishi boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan.

1964–1982-yillarda V. P. Chkalov nomidagi Novosibirsk aviatsiya zavodi direktori boʻlgan. Uning rahbarligi davrida korxonaning ijtimoiy bazasi faol rivojlandi. Ishchi xodimlar uchun uylar, profilaktoriyalar, V. P. Chkalov nomidagi madaniyat saroyi qurildi[2].

Besh yillik rejani amalga oshirishdagi alohida xizmatlari uchun Vanag Gleb Alekseyevich 1971-yil 26-apreldagi SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan Sotsialistik mehnat qahramoni unvoni, Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlandi.

Gleb 1975–1980-yillarda RSFSR Oliy Kengashi deputati etib saylandi. Gleb Aleksandrovich Novosibirskda yashagan. U 1991-yil 13-noyabrda vafot etgan va Novosibirskdagi Zayeltsovskoye qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari tahrir

Vanag 2 ta Lenin ordeni, Oktyabr inqilobi ordeni, „Shon-sharaf belgisi“ ordeni va medallar bilan taqdirlangan. SSSR Davlat mukofoti sovrindori.

Xotirasi tahrir

V. P. Chkalov nomidagi Novosibirsk APO maʼmuriy binosiga Qahramon xotirasiga yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan.

Manbalar tahrir

  1. „ВАНАГ ГЛЕБ АЛЕКСЕЕВИЧ“. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
  2. „Герои Социалистического труда Новосибирской области“. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.