Go dasturlash tili 2007-yilda Robert Griesemer, Rob Pike va Ken Tompsonlar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, 2009-yilda rasman ochiq kodli dasturlash tili sifatida ommaga taqdim etilgan. Toʻgʻri u JavaScript yoki Python kabi dasturlash tillari kabi mashhur boʻlib ulgurmagan boʻlsada, Go dasturlash tili foydalanuvchilarga koʻplab imkoniyatlar yaratib bera oladi. Go JavaScript yoki Pythondek ommalashmagan boʻlsada, ularni bogʻlab turadigan bitta umumiy jihat bor: tushunish va oʻrganish juda oson. Ammo bu sintaksis yangi yaratilgan tillardan koʻra koʻproq afzalliklarga ega. Sababi, uni oʻqish oson boʻlib, bir nechta dasturchilarga bir-birlarining dastur bloklarini toʻldirib ketish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu til sintaksis jihatdan C dasturlash tillariga oʻxshab ketadi. Go foydalanuvchilari qoʻshimcha kutubxonalarni yuklab olmasdan turib shu tilda mavjud boʻlgan kutubxonalardan foydalangan holatda ham oʻzlariga maʼqul boʻlgan dasturlarni yarata oladilar. Bu Go dasturlash dunyosiga eng aqlli qoʻshimchalardan biri boʻlib, ular sizning maʼlumotlar bloklaringizga maʼlumotlar tuzilmalarini qoʻshishning sodda usulini taklif etadi. Boshqa tillarda murakkab ishlashni talab qiladigan bir qator vazifalarni Go interfeysi orqali bitta qatorli kod yordamida bajarish mumkin.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir