Goliaf qurbasi
Goliaf qurbaqasi[1](lotincha: Conraua goliath)[2] —Conrauidae oilasiga mansub dumsiz qurbaqa, zamonaviy qurbaqalarning eng yirik vakili. U Kamerunning janubi-gʻarbiy qismida va Ekvatorial Gvineyada yashaydi.
Sohil qurbaqasi | |
---|---|
[[Fayl:|200px|alt=|]] | |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Amfibiyalar |
Turkum: | Dumsiz |
Oila: | Qurbaqalar |
Turlari: | Goliaf qurbaqasi |
Binar nomi | |
Conraua goliath | |
[[Fayl:|center|200px]] |
Tavsifi
tahrirHajmi
tahrirDunyodagi eng katta qurbaqa - tana uzunligi 32 sm, orqa oyoqlari bilan birga - 81-90[3] sm.ga etadi. Vazni 3,3 - 6 kg.gacha boʻlishi mumkin[2][3]. Igor Ivanovich Akimushkin Angolada tanasining oʻzini uzunligi 40 sm, kengligi 24 sm va ogʻirligi taxminan 5 kg boʻlgan goliaf qurbaqasini qoʻlga tushirganini ishora qiladi[1].
Tashqi koʻrinish
tahrirErkaklari ayollariga qaraganda bir oz kichikroq. Yelka va bel qismidagi teri ajinlangan, yashil-jigarrang boʻlib qorin va oyoqlarning ichki qismi sargʻish yoki oq rangga ega.
Hayot tarzi
tahrirYashash joyi
tahrirGoliaf qurbaqasi tez oquvchan va toʻliq tropik daryolarning sharsharalarida yashaydi. Ba'zi turdagi vakillardan farqli oʻlaroq botqoqlarni xush kormaydi, goliaf qurbaqasi shaffof suvlarni, kislorodga boy boʻlgan suv havzalarini xush koʻradi[2]. Goliaf qurbaqasi uchun qulay boʻlgan suv harorati 16-22 oC ga teng[2]. Yuqori namlik kerak boʻlgani sababli goliaf qurbaqasi quyosh bibin yoritilgan joylarni aylanib oʻtadi.
Xulq-atvori
tahrirVoyaga etgan goliaf qurbaqalari odatda tungi turmush tarzini kechiradi[2].
Voyaga etgan amfibiyalar juda ehtiyotkor va chochuvchan boʻladi, ularga yaqinlashish qiyin, ular koʻrish qobiliyati yaxshi rivojlanga boʻlib 40 metr va undan koʻproq masofada harakatlanadigan hamma narsani tezda sezadilar.
Xavf tugʻilgach, Golia odatda bir sakrab suvda berkinadi. Ba'zan qurbaqa olti yoki etti sakrashni amalga oshiradi[2]. Sakrashning uzunligi 3-3,5 metr[4][2][3].
Ozuqasi
tahrirGoliaf qurbaqasi asosan hasharotlar va oʻrgimchaklar bilan oziqlanadi, mayda qurbaqalar, qisqichbaqasimonlar, qurtlar, mayda ilonlar, kaltakesaklar, qushlar va boshqa tirik mavjudotlarni eydi, tez bosh harakati yoki okeskin sakrash orqali oʻljasini tutadi. Boshqa qurbaqalar singari, Goliaf ham oʻz oʻljasini tili va jagʻlari bilan ushlab, bir oz siqib, butunlay yutib yuboradi.
Koʻpayish
tahrirNasilchilik quruq mafsumda davom etadi. Urgʻochi qurbaqa 5-6 kun davomida tosh ustida 5-6 mm diametrli 10 mingdan ortiq tuxum qoʻyadi. Erkaklar uya quradilar[2]. Aksariyat uyalar odatda 150 dan 350 gacha tuxumni oʻz ichiga sigʻdirishi mumkin, ammo ba'zilari 2800 tagacha tuxum boʻlishi ham mumkin[2]. Metamorfoz taxminan 70 kun davom etib, dunyoga kelgan itbaliq uzunligi 8 mm gacha boʻlib, 45 kun ichida maksimal oʻlchami 4,8 sm ga etadi, shundan keyin dumi tushib qoladi[4].
Himoya darajasi
tahrirGoliaf qurbaqasi yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan tur. XX asrning 80-yillari oxiridan 2004 yilgacha, taxminiy hisob-kitoblar boʻyicha, goliaf qurbaqalari aholisi mahalliy aholi tomonidan isteʻmol qilish, chet elga eksport qilish va odatiy yashash joylarini yoʻq qilish sababli ikki baravar kamaydi.
Goliaf qurbaqasi zahar, toʻr va tuzoq bilan ovlanadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 И. И. Акимушкин „Рыбы, земноводные и пресмыкающиеся“, . Мир животных. Птицы. Рыбы, земноводные и пресмыкающиеся., №2 155000 экз, Москва: Мысль, 1989 — 388-389-bet.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 AmphibiaWeb: Information on amphibian biology and conservation. Conraua goliath. 2012. Berkeley, California
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Лягушка-голиаф“.
- ↑ 4,0 4,1 „Самая большая лягушка в мире – настоящий Голиаф.“ (ru).