Gong Xiangyu (oddiy xitoychada: 龚翔宇; anʼanaviy xitoychada: 龔翔宇; oʻqilishi: gōng xiáng yǔ; 1997-yil 21-aprelda tugʻilgan)[1][2] — xitoylik ayol voleybolchi. Klub darajasida u Jiangsu jamoasi safida oʻynaydi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Gong Xiangyu Lyanyungang shahrida 1997-yil 21-aprelda tugʻilgan, u bir vaqtlar epée boʻyicha milliy chempion boʻlgan. Uning onasi jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, otasi esa politsiyachi. Jiangsu U23 basketbol jamoasi tarkibida oʻynagan. Uning ismi Xiangyu „koinotda uchish“ degan maʼnoni anglatadi. Gong Xiangyu 2016-yilda Nankin Normal Universitetiga oʻqishga kirdi.

Voleyboldagi faoliyati tahrir

Oʻsmirlar jamoasi tahrir

2014-yilgacha u setter boʻlib oʻygan. Zaxira oʻyinchisi sifatida Gong Xiangyu 2012-yilgi yoshlar qizlar oʻrtasidagi voleybol boʻyicha Osiyo chempionati va 2013-yilgi FIVB voleybol boʻyicha 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

2014-yilda, sobiq asosiy raqibi Ju Wanrong jarohati tufayli oʻyinni tark etadi va uning oʻrniga Gong Xiangyu qarama-qarshi hujumchi sifatida oʻynay boshladi hamda muvaffaqiyatga erishdi. 2014-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati va 2015-yilgi FIVB voleybol boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida u oʻz qobiliyatini namoyish etdi.

Kattalar jamoasi tahrir

Gong Xiangyu 2015—2016-yilgi mavsumda Jiangsu U23 jamoasidan murabbiy Kay Bin tashabbusi bilan Jiangsu ayollar voleybol klubiga koʻtarilgan. Xitoy voleybol ligasida muvaffaqiyatli debyut mavsumidan soʻng, u murabbiy Lang Ping tomonidan 2016-yilda milliy terma jamoaga taklif qilindi. Gong Xiangyu 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Xitoy sharafini himoya qildi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. U 2016, 2017, 2018[3] va 2019-yilgi Montrö voleyboli ustalari musobaqalarida ishtirok etgan[4].

Manbalar tahrir

  1. „Xiangyu Gong“. Rio 2016. 26-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2016-yil.
  2. „Gong Xiangyu“. Jiangsu Sports Bureau. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2016-yil.
  3. „China - Montreux Volley Masters 2018“. Team Roster (1-fevral 2019-yil). 2019-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2020-yil.
  4. „Team Roster - China - Montreux Volley Masters 2019“ (16-may 2019-yil). 2019-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan.